Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, ayrim oliy ta’lim muassasalarida asarlar muallif yoki boshqa huquq egalarining roziligisiz, shartnomalar tuzilmagan holda to‘liq elektron shaklga o‘tkazilib, unilibrary.uz platformasi hamda universitetlarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga joylangan.
Mualliflik huquqi buzilgan oliygohlar quyidagilar:
— Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti;
— Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti;
— Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti;
— O‘zbekiston davlat san’at va madaniyati instituti;
— Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ul shaxslarga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari asosida bayonnomalar rasmiylashtirilib, ishlar sudlarga yuborilgan.
Qonunchilikka ko‘ra, muallif yoki huquq egasi yetkazilgan zararni qoplash uchun huquqbuzardan BHMning 20 barobaridan 1000 barobargacha miqdorda tovon talab qilish huquqiga ega.






