AsosiySiyosat

Prezident Yangi Toshkent shahrining qurilishi bilan tanishdi

Davlat rahbari Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasiga tashrif buyurdi.

'Prezident Yangi Toshkent shahrining qurilishi bilan tanishdi'ning rasmi

Ma’lum qilinishicha, Yangi Toshkent shahri qurilishiga 2023 yilda tamal toshi qo‘yilgan bo‘lib, loyiha uchun Yuqori va O‘rta Chirchiq tumanlaridan 19 ming 700 gektar yer ajratilgan. Kontseptsiya Britaniyaning “Cross Works” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Ayni paytda hududda 100 dan ortiq yirik va o‘rta loyihalar amalga oshirilmogda.

Hozirgacha kelib, yangi shaharda qurilish maydonlari 3 million kvadrat metrga yetgan, bir qator uy-joy massivlari va infratuzilma ob’yektlari yakuniy bosqichga kirgan. Birinchi bosqichda 600 ming aholi uchun zamonaviy sharoitlar yaratilishi, loyiha to‘liq yakunlangach esa Yangi Toshkent 2 million aholi istiqomat qiladigan megapolisga aylanishi rejalashtirilgan.

Hududda yer osti muhandislik tarmoqlari, tunnel va avtoturargohlar, shuningdek, 10 kilometrlik sohil bog‘i barpo etilmogda. Prezident shaharsozlikda “yashil” tamoyillarni kuchaytirish, jamoat transporti, piyoda va velosipedchilar uchun qulay muhit yaratish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Shuningdek, 60 dan ortiq davlat idoralari uchun ma’muriy binolar qurilishi, 2 milliard dollarlik investitsiyalar asosida tijorat va xizmat ko‘rsatish ob’yektlari barpo etilishi rejalashtirilgan. Qurilish jarayonining o‘zida 10 ming kishi ish bilan ta’minlangan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'MDH prezidentlari 2026 yilda qaerda uchrashishishi maʼlum boʻldi'ning rasmi

    Siyosat Bugun 08:00

    MDH prezidentlari 2026 yilda qaerda uchrashishishi maʼlum boʻldi

    MDH Davlat rahbarlarining avvalgi sammiti 2025 yil 10 oktyabr kuni Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan edi.

    'Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi energetika obyektlari bilan tanishdi'ning rasmi

    Siyosat 30.12.2025 17:09

    Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi energetika obyektlari bilan tanishdi

    Prezident trigeneratsiya stansiyasi va O‘zbekistonda ilk bor barpo etilayotgan yopiq turdagi nimstansiyaning ahamiyatini qayd etdi.

    'Yangi yil munosabati bilan minglab bolalar uchun bank depozitlari ochildi'ning rasmi

    Siyosat 30.12.2025 11:46

    Yangi yil munosabati bilan minglab bolalar uchun bank depozitlari ochildi

    Prezident topshirig‘i bilan “Prezident archasi” doirasida yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun omonat depozit hisob raqamlari ochildi.

    'Prezident Qurilish vazirligining Yangi Toshkentdagi yangi binosini koʻzdan kechirdi'ning rasmi

    Siyosat 30.12.2025 10:51

    Prezident Qurilish vazirligining Yangi Toshkentdagi yangi binosini koʻzdan kechirdi

    Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent hududida barpo etilgan Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining yangi binosi hamda zamonaviy infratuzilma obyektlari bilan tanishdi.

    'Mirziyoyev Putin bilan nimani muhokama qildi?'ning rasmi

    Siyosat 30.12.2025 09:46

    Mirziyoyev Putin bilan nimani muhokama qildi?

    O‘zbekiston yetakchisi Rossiya rahbari bilan telefon orqali muloqot qildi.

    'CNN телеканали Янги йил эфир дастурида Ислом цивилизацияси маркази ҳақида ҳикоя қилмоқда'ning rasmi

    Siyosat 30.12.2025 05:49

    CNN телеканали Янги йил эфир дастурида Ислом цивилизацияси маркази ҳақида ҳикоя қилмоқда

    Xalqaro CNN telekanali O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga bag‘ishlangan yarim soatlik hujjatli filmni namoyish etdi.