AsosiySiyosat

Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi energetika obyektlari bilan tanishdi

Prezident trigeneratsiya stansiyasi va O‘zbekistonda ilk bor barpo etilayotgan yopiq turdagi nimstansiyaning ahamiyatini qayd etdi.

'Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi energetika obyektlari bilan tanishdi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent hududida barpo etilayotgan zamonaviy energetika ob’yektlari faoliyati bilan tanishdi. Ushbu hududda shaharni markazlashgan isitish va sovitish bilan ta’minlashga mo‘ljallangan Trigeneratsiya texnologiyasiga asoslangan stantsiya qurilishi jadal davom etmoqda.

Mazkur texnologiya energiyadan ikki barobargacha tejamkor foydalanish imkonini beradi. Birinchi bosqichda issiqlik uchun 75 megavatt, sovitish tizimi uchun 100 megavatt quvvat yaratiladi, shuningdek, 17 megavatt qo‘shimcha elekt energiyasi ishlab chiqariladi.

Davlat rahbari Yangi Toshkentda qurilayotgan ilk nimstansiyada ham bo‘lib, u yerdagi ishlar bilan tanishdi. Quvvati 100 megavatt bo‘lgan ushbu inshoot Xitoyning “Haocheng Industry Group Limited” kompaniyasi ishtirokida davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirilmoqda.

Qayd etilishicha, bu O‘zbekistondagi birinchi yopiq turdagi nimstansiya bo‘lib, u an’anaviy ochiq inshootlarga nisbatan kam maydon egallaydi, shovqin darajasi past va shahar me’moriy qiyofasiga mos hisoblanadi.

Prezident ob’yektlarning texnik va iqtisodiy samaradorligi hamda Yangi Toshkent uchun strategik ahamiyatini alohida ta’kidlab, loyihani kelgusida yanada sifatli amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

    Boshqa yangiliklar