AsosiyJamiyat

Oʻzbekiston Afgʻonistonga 390 tonna insonparvarlik yordamini yubordi

Yordam tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmonlar va tibbiy uskunalar mavjud.

'Oʻzbekiston Afgʻonistonga 390 tonna insonparvarlik yordamini yubordi'ning rasmi

29 dekabr kuni Balx viloyatining Hayraton shahrida O‘zbekiston nomidan Afg‘oniston xalqiga 390 tonna og‘irlikdagi insonparvarlik yordami topshirildi. Yordam tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmonlar va tibbiy uskunalar mavjud.

Bu yil davomida Afg‘onistonga yuborilgan bu to‘rtinchi yirik insonparvarlik aksiyasi hisoblanadi: martda 200 tonna, mayda 26 tonna urug‘, iyun oyida 183 tonna va sentyabrda 300 tonna yordam yetkazilgan edi.

Balx viloyati hokimi O‘zbekiston Prezidentiga yordam va ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlik uchun minnatdorlik bildirdi. 2026 yilda O‘zbekiston Afg‘onistonga elekt energiyasini yetkazishni davom ettirradi.

    Boshqa yangiliklar