AsosiyDunyo

Zelenskiy Trumpning xavfsizlik kafolatlariga nima uchun rozi bo‘ldi?

Zelenskiy aytishicha, u Trump bilan shaxsan uchrashuvda uzoq muddatli kafolatlarni, NATO 5-moddasiga o‘xshash mexanizm asosida tashkil etilishini so‘ragan.

'Zelenskiy Trumpning xavfsizlik kafolatlariga nima uchun rozi bo‘ldi?'ning rasmi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSh bilan tinchlik kelishuvi loyihasida 15 yillik xavfsizlik kafolatlari nazarda tutilganini, ammo Kiyev bu muddatni 50 yilgacha uzaytirishni istayotganini ma’lum qildi. Bu haqda Zamon.uz ma’lum qildi.

Zelenskiy aytishicha, u Tramp bilan shaxsan uchrashuvda uzoq muddatli kafolatlarni, NATO 5-moddasiga o‘xshash mexanizm asosida tashkil etilishini so‘ragan.

Shuningdek, Ukraina tinchlik rejasi referendum orqali qo‘llab-quvvatlanishi uchun kamida 60 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish zarurligini ta’kidladi. Donbas va boshqa hududlar bo‘yicha Rossiya bilan kelishmovchiliklar saqlanib qolmoqda.

Kreml esa Zelenskiy pozitsiyasiga javoban, Ukraina Donbasni tark etishi shartligini takrorlagan va Tramp bilan telefon mulogoti rejalashtirilganini bildirdi.

    Boshqa yangiliklar