AsosiyJamiyat

Milliy brendimiz — "Premier" poytaxtning eng gavjum nuqtalarida biron-ta nosozliksiz bir million daqiqa davomida to'xtovsiz faoliyat ko'rsatdi.

Oʻzbekiston sanoat va ishlab chiqarish sohasida bugun shunchaki oʻsish emas, sifat hamda chidamlilik borasida xalqaro standartlarga toʻliq moslashish davrini ham boshdan kechirmoqda.

'Milliy brendimiz — "Premier" poytaxtning eng gavjum nuqtalarida biron-ta nosozliksiz bir million daqiqa davomida to'xtovsiz faoliyat ko'rsatdi.'ning rasmi

Uzoq yillar davomida mamlakatimizning strategik ahamiyatga ega tranzit hududlari – xalqaro aeroportlar va vokzallar jahonning eng mashhur texnologik brendlari hukmronlik qiladigan, mahalliy brendlar uchun kirish mushkul bo‘lgan maydon bo‘lib kelgan edi. Biroq so‘nggi yillarda bu an’ana tubdan o‘zgardi. Milliy brendimiz Premier Electronics bu borada haqiqiy inqilobiy qadamni tashlab, poytaxtimizning eng muhim nuqtalarida o‘z o‘rnini mustahkamladi. Bu qadam shunchaki tijoriy loyiha emas, balki milliy mahsulotning ekstremal sharoitlardagi chidamlilik imtihoni sifatida baholanishi lozim.

2024 yilning avgust oyidan boshlab Toshkent metropolitenining barcha bekatlariga 200 dona zamonaviy Premier televizorlari o‘rnatildi. Raqamlarga nazar tashlasak, poytaxt metrosi yiliga 280 milliondan ortiq yo‘lovchini qabul qiladigan va har kuni tonggi soat 06:00 dan tun yarmigacha tinimsiz ishlaydigan murakkab mexanizmdir.

Bunday o‘ta yuqori yuklama ostida har qanday texnika ham uzoq muddat bardosh bera olmaydi. Xuddi shunday holat yiliga 7 million unikal yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadigan Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida ham kuzatildi. Bu yerda Premier ekranlari sutkasiga 24 soat davomida, bir daqiqa ham o‘chirilmasdan faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Eng qiziqarlisi, kompaniya ushbu yirik loyihani amalga oshirganda hech qanday shov-shuvli reklama kampaniyalarini o‘tkazmadi. Buning o‘rniga o‘ziga xos “sukunat strategiyasi” tanlandi. Maqsad mahsulotning sifatiini balandparvoz gaplar bilan emas, balki vaqt o‘lchovi bilan isbotlashdan iborat edi.

Natijalar esa kutilganidan ham yuqori bo‘ldi: Premier ekranlari bir million daqiqadan ortiq vaqt davomida to‘xtovsiz va nosozliksiz ishladi. Bu O‘zbekiston milliy brendi uchun ulkan g‘alabadir. Chunki avvallari strategik tranzit zonalarda bunday uzoq va barqaror ish rejimini faqatgina global brendlar ta’minlay olar edi. Aeroport media rahbari Saidrasul Imomovning e’tirofiga ko‘ra, o‘tgan davr mobaynida birorta ham texnik servis xizmatiga murojaat bo‘lmagan.

Bu esa milliy mahsulotimizning jahon bozoridagi gigantlar bilan bemalol raqobat qila olishiga yorqin misoldir.

Bugun Premier Electronics nafaqat mahalliy ishlab chiqaruvchi, balki Samsung kabi dunyo gigantlarining rasmiy hamkori sifatida WebOS, Tizen OS, Android, Google TV hamda YandexTV kabi zamonaviy platformalarni muvaffaqiyatli integratsiya qilmoqda.

QLED va MiniLed kabi innovatsion texnologiyalar bilan jihozlangan ushbu qurilmalar tasvir tiniqligi borasida xalqaro talablarni to‘liq qondirmoqda.

Ushbu muvaffaqiyat milliy sanoatimizning jahon maydonidagi ishonchli va dadil qadamidir.

Reklama huquqi asosida

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Mirziyoyev Nazarboyevni Yangi yil bilan tabrikladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:19

    Mirziyoyev Nazarboyevni Yangi yil bilan tabrikladi

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston Respublikasining birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi.

    'Shavkat Mirziyoyev “Arqadag‘” bilan nimani muhokama qildi?'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:16

    Shavkat Mirziyoyev “Arqadag‘” bilan nimani muhokama qildi?

    O‘zbekiston etakchisi Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi telefon orqali gaplashdi.

    'Andijonda Ukrainada Rossiya tomonda jang qilgan fuqaro sudlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:53

    Andijonda Ukrainada Rossiya tomonda jang qilgan fuqaro sudlandi

    25 yoshli I.X.giyohvand moddalar savdosi bilan shugʻullanish va Ukrainada Rossiya tomonda qatnashganligi uchun sud qarorga erishdi.

    'Toshkent shahar hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:00

    Toshkent shahar hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi.

    Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar berdi.

    'Joriy yilda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bo‘yicha 2,8 mingdan ortiq holat aniqlandi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:59

    Joriy yilda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bo‘yicha 2,8 mingdan ortiq holat aniqlandi.

    Noqonuniy isteʼmol oqibatida davlat manfaʼatlariga 1,2 trillion soʻmdan ziyod zarar yetkazilgani maʼlum qilindi.

    'Toshkent viloyatida kadastr xodimi pora olayotganda ushlangan.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:01

    Toshkent viloyatida kadastr xodimi pora olayotganda ushlangan.

    Bo‘stonliq tumanida yer hujjatlarini rasmiylashtirish evaziga 5 ming dollar talab qilgan xodim qo‘lga olindi.