AsosiyDunyo

Qozog‘iston Issiqko‘ldagi yerlarni 49 yilga ijaraqa oldi

Qozog‘iston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi 2009 yilda imzolangan kelishuv parlament tomonidan ratifikatsiya qilindi.

'Qozog‘iston Issiqko‘ldagi yerlarni 49 yilga ijaraqa oldi'ning rasmi

29 dekabr kuni Qozog‘iston Majlisi Qirg‘iziston Respublikasining Issiqko‘l viloyatida joylashgan yer uchastkalarini 49 yil muddatga ijaraqa olish to‘g‘risidagi hukumatlararo kelishuvni ratifikatsiya qildi. Bu haqda “Sputnik Kz” xabar berdi.

Kelishuvga ko‘ra, Qozog‘iston tomoni Issiqko‘l hududidagi bir nechta yer maydonlaridan vaqtincha foydalanish huquqini oldi. Mazkur hududlar bo‘sh emas — ularda sanatoriy, ikkita dam olish uyi va sport-sog‘lomlashtirish markazi joylashgan bo‘lib, ushbu inshootlar Qozog‘iston SSR davrida qurilgan.

Parlament tasdiqlagan hujjat Qozog‘istonga to‘rtta kurort va dam olish maskaniga egalik qilish huquqini beradi. Shuningdek, Qozog‘iston tomoni 2029 yil oxirigacha ushbu ob’ektlarni 3 va 4 yulduzli mehmonxonalar darajasiga yetkazish majburiyatini olgan.

    Boshqa yangiliklar