Suriya yangi milliy valyutani muomalaga kiritayotganini rasman eʼlon qildi. Bu haqda mamlakat Markaziy banki raisi Abdulqodir al-Hasriya maʼlum qildi. Bu haqda Zamon.uz nashri maʼlum qildi.
Markaziy bank rahbarining taʼkidlashicha, yangi valyutaning joriy etilishi Suriyaning zamonaviy tarixidagi muhim milliy voqea boʻlib, mamlakatda yangi iqtisodiy va pul-kredit davri boshlanayotganini anglatadi. U bu tashabbus moliyaviy mustaqillikni mustahkamlash hamda iqtisodiy barqarorlikka erishish yoʻlidagi muhim qadam ekanini qayd etdi.
Abdulqodir al-Hasriya ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishida yangi valyuta ozodlikdan keyingi davrda qoʻlga kiritilgan moliyaviy mustaqillik ramzi ekanini taʼkidladi. Unging soʻzlariga koʻra, yangilangan pul birligi Markaziy bank tomonidan olib borilayotgan islohotlar natijasi boʻlib, mamlakat iqtisodiy tiklanish sari yoʻnalganini aks ettirradi.
Shuningdek, yangi valyuta tashqi iqtisodiy omillarga qaramlikni kamaytirish, moliya tizimini barqarorlashtirish va jamoatchilik ishonchini oshirishga xizmat qilishi kutilmogʻda.
Yangi milliy valyutaga oid batafsil maʼlumotlar 2025 yil 28 dekabr kuni oʻtkaziladigan maxsus yigʻilishda taqdim etiladi. Unda banknotalar dizayni, nominallari va valyutani muomalaga kiritish mexanizmlari rasman eʼlon qilinishi rejalashtirilgan.
Mutaxassislar ushbu qarorni Suriyaning uzoq davom etgan inqirozdan soʻng iqtisodiy tiklanish yoʻlidagi muhim bosqich sifatida baholayotganlar.





