Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, sportchi qizning oldiga pichoq va izolyatsiya lentasi bilan kelgan. U jabrlanuvchini bog‘lab, bo‘g‘ishga uringan hamda taxminan to‘rt soat davomida do‘pposlagan.
Shuningdek, qizning onasini o‘ldirish va oila a’zolariga zarar yetkazish bilan tahdid qilgani aytilmogda.
Jabrlanuvchi o‘rtacha og‘irlikdagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Gumonlanuvchi esa Moskvada qo‘lga olingan. Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmogda.






