AsosiyJamiyat

Akmal Shukurov ishi bo‘yicha qaror chiqargan sudya lavozimidan ozod etildi.

Akmal Shukurov ishi boʻyicha jazoni yengillashtirgan sudya Mirzajonov Murodjon Qodirovich sudyalik vakolatlaridan muddatidan oldin ozod etildi.

'Akmal Shukurov ishi bo‘yicha qaror chiqargan sudya lavozimidan ozod etildi.'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 25 dekabrdagi farmoyishiga muvofiq, qator sudyalarga nisbatan kadrlar bo‘yicha qarorlar qabul qilindi.

Sudyalar oliy kengashi ma’lum qilishicha, Akmal Shukurov ishi bo‘yicha apellyatsiya instansiyasida qaror chiqargan sudya Mirzajonov Murodjon Qodirovich qonuniylikni buzgani sabab sudyalik vakolatlaridan mahrum etildi va Toshkent shahar sudi raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod qilindi.

Shu ish doirasida apellyatsiya sudlov hay’ati a’zolari bo‘lgan yana uch nafar sudya ham yozma arizalari va qonunbuzarlikka yo‘l qo‘ygani uchun lavozimidan ozod etildi.

Shu bilan birga, Farhodjon G‘aniyev Toshkent shahar sudi raisining o‘rinbosari etib tayinlandi, Murodjon Ababakirov esa Andijon viloyat sudi raisining o‘rinbosari lavozimiga o‘tkazildi.

Eslatib o‘tamiz, Akmal Shukurov ishi jamoatchilikda katta muhokamalarga sabab bo‘lgan va mazkur holat yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan edi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 19:29

    'Rossiyadan olib kelingan 2,3 kg sintetik narkotik modda toʻxtatib qolindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 18:02

    Rossiyadan olib kelingan 2,3 kg sintetik narkotik modda toʻxtatib qolindi

    Toshkent viloyatida Rossiyadan olib kelinayotgan yirik miqdordagi sintetik narkotik modda kontrabandasi fosh etildi.

    'Eldor Shomurodov Turkiya Superligasining birinchi davra ramziy jamoasiga kiritildi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 17:50

    Eldor Shomurodov Turkiya Superligasining birinchi davra ramziy jamoasiga kiritildi.

    Hozir u Superliganing eng yaxshi toʻpurari hisoblanadi.

    '2025 йил мамлакати эълон қилинди'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 17:39

    2025 йил мамлакати эълон қилинди

    The Economist журнали янги йил арафасида 2025 йил мамлакатини эълон қилди.

    'Ummonda tashlab ketilgan ikki yoshli bola Oʻzbekistonga qaytarildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 15:19

    Ummonda tashlab ketilgan ikki yoshli bola Oʻzbekistonga qaytarildi

    Ummon poytaxti Maskatda hujjatlarsiz qoldirilgan o‘zbekistonlik ikki yoshli bola diplomatik say-harakatlar orqali vatanga olib kelindi.

    'Mariya Zaxarova 50 yoshga toʻldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:17

    Mariya Zaxarova 50 yoshga toʻldi

    Uning yubileyi shov-shuvli tarzda nishonlandi.