AsosiyJamiyat

Toshkentda avtobuslar uchun gaz shoxobchalar soni 11 taga qisqartirildi

Qish mavsumida aholi va strategik ob’yektlarga tabiiy gaz etkazib berish maqsadida poytaxtdagi avtobuslar uchun gaz shoxobchalari soni 33 tadan 11 taga tushirildi.

'Toshkentda avtobuslar uchun gaz shoxobchalar soni 11 taga qisqartirildi'ning rasmi

“Toshshahartransxizmat” AJ ma’lum qilishicha, poytaxtda kun davomida 1 000 dan ortiq katta avtobuslar siqilgan tabiiy gazda harakatlanadi.

Gaz shoxobchalar sonining kamaytirilishi avtobuslarda navbatlarning paydo bo‘lishiga va yoqilg‘i quyish vaqtlarining uzayishiga sabab bo‘lgan.

Havo sharoyiti va magistral gaz quvurlaridagi bosim pasayishi ham ushbu holatga ta’sir ko‘rsatgan. Hozirda vaziyat tungi navbatchilik va doimiy nazorat orqali barqarorlashtirilmogda.

    Boshqa yangiliklar