AsosiyJinoyat

Namanganda “Ko‘mir ta’minot” MChJ mansabdori qo‘lga olindi

Ko'mir ombori rahbarligiga tayinlash va vagonlar sonini oshirishni va'da qilgan amaldor 40 ming dollar talab qilgan.

'Namanganda “Ko‘mir ta’minot” MChJ mansabdori qo‘lga olindi'ning rasmi

Namangan viloyatida “Ko‘mir ta’minot” MChJ viloyat filiali boshlig‘i o‘rinbosariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. U yuqori lavozimdagi tanishlari orqali fuqaroni tuman ko‘mir ombori rahbari lavozimiga tayinlash hamda omborga keluvchi ko‘mir ortigan yuk vagonlari sonini ko‘paytirib berish evaziga 40 ming AQSh dollari talab qilgan.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 6 dekabr kuni mansabdor so‘ralgan pulning 25 ming dollarini olib, fuqaroni ombor mudiri lavozimiga tayinlashni ta’minlagan. Keyinchalik u qolgan 15 ming dollar va qo‘shimcha ravishda 30 ta vagon uchun ulush sifatida 7,5 ming dollar — jami 22,5 ming dollar talab qilgan.

Mazkur pul mablag‘ini vosita orqali olayotgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan noqonuniy harakatlarga chek qo‘yildi. Ayblanuvchilarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan ish qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llandi.

Qayd etilishicha, ko‘rilgan choralar natijasida aholiga ko‘mir mahsulotlarini o‘z vaqtida va imtiyozli narxlarda yetkazib berish ta’minlangan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Намангандаги тўйда 7 ёшли қизни зўрлаган эркак 18 йилга қамалди'ning rasmi

    Jinoyat 24.12.2025 19:57

    Намангандаги тўйда 7 ёшли қизни зўрлаган эркак 18 йилга қамалди

    Mahkum jazoning dastlabki uch yilini qamoqda, qolgan qismini maxsus tartibli koloniyada o‘tkazadi.

    ''ning rasmi

    Jinoyat 24.12.2025 10:40

    'Toshkentda advokat 2 ming dollar bilan ushlandi'ning rasmi

    Jinoyat 22.12.2025 09:39

    Toshkentda advokat 2 ming dollar bilan ushlandi

    Poytaxtda faoliyat yurituvchi advokat firibgarlik yo‘li bilan 2 ming AQSh dollarini olgan vaqtida qo‘lga olindi.

    'Shukurov ishi bo‘yicha qaror chiqargan sudyalarga xizmat tekshiruvi boshlandi'ning rasmi

    Jinoyat 19.12.2025 12:56

    Shukurov ishi bo‘yicha qaror chiqargan sudyalarga xizmat tekshiruvi boshlandi

    Akmol Shukurovni qamoqdan ozod qilgan apellyatsiya sudi qarori yuzasidan Sudyalar oliy kengashi tekshiruv tayinlandi.

    'Toshkentda Tailandga ikki nafar fuqaroni fohishalikka yubormoqchi boʻlgan shaxs ushlandi'ning rasmi

    Jinoyat 19.12.2025 09:24

    Toshkentda Tailandga ikki nafar fuqaroni fohishalikka yubormoqchi boʻlgan shaxs ushlandi

    Маълум бўлишича, мазкур жиноий ҳаракат Таиландда бўлиб ўтган, 2005 йилда туғилган Ф.А. томонидан ташкиллаштирилган.

    'Samarqandda marmar toshlar orasiga yashirilgan 37 kg giyohvandlik vositası aniqlandı'ning rasmi

    Jinoyat 16.12.2025 09:38

    Samarqandda marmar toshlar orasiga yashirilgan 37 kg giyohvandlik vositası aniqlandı

    Tadbir davomida jami 37 kg 421 gramm "ekstraksion opiy" ashyoviy dalil sifatida olingan.