AsosiyJamiyat

Surxondaryoda zo‘ravonlik va tahdid orqali milliardlab so‘m talab qilgan jinoyiy guruh ushlandi

Denov tumanida fuqarolarni qoʻrqitish va zoʻravonlik orqali boyliklarini tortib olib kelgan guruhga qarshi tergov harakatlari olib borilmoqda.

'Surxondaryoda zo‘ravonlik va tahdid orqali milliardlab so‘m talab qilgan jinoyiy guruh ushlandi'ning rasmi

Surxondaryo viloyati Denov tumanida fuqarolardan turli yo‘llar bilan zo‘rlik va tahdid orqali mablag‘ talab qilib kelgan jinoyiy guruh ushlandi, deb xabar bermoqda IIV Matbuot xizmati.

Guruh yetakchisi 1990 yilda tug‘ilgan fuqaro bo‘lib, ilgari ham «Bezorilik» moddasi bo‘yicha sudlangan. U 3 nafar shaxsni ish bajаruvchilar sifatida yollab, 10 dan ortiq fuqaroni jabrlantirgan. Ular yer masalasi, qarz oldi-berdisi va boshqa masalalarda fuqarolarni tahdid va zo‘ravonlik bilan qo‘rqitib, pul talab qilgan.

Jabrlanganlar orasida 1987 yilda tug‘ilgan fuqarodan 20 million so‘m, 2006 yilda tug‘ilgan fuqarodan 10 million so‘m, 2008 yilda tug‘ilgan fuqarodan esa taxminan 39,8 ming AQSh dollari talab qilingani aniqlangan. Ular pichoq va videotasvirlar orqali tahdid qilgan, axloqqa zid harakatlarga majburlab, tarqatish bilan qo‘rqitgan.

Hozirda uyushgan jinoyiy guruh a’zolariga nisbatan tovlamachilik, odam o‘g‘irlash, zo‘rlik bilan ozodlikdan mahrum qilish kabi moddalar bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar