AsosiyJinoyat

Shukurov ishi bo‘yicha qaror chiqargan sudyalarga xizmat tekshiruvi boshlandi

Akmol Shukurovni qamoqdan ozod qilgan apellyatsiya sudi qarori yuzasidan Sudyalar oliy kengashi tekshiruv tayinlandi.

'Shukurov ishi bo‘yicha qaror chiqargan sudyalarga xizmat tekshiruvi boshlandi'ning rasmi

Akmal Shukurovni qamoqdan chiqarib yuborgan sudyalarga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlandi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, Toshkent shahar sudi apellyatsiya instansiyasida mazkur ish ko'rib chiqilgani bilan bog'liq holatlarga oydinlik kiritish maqsadida xizmat tekshiruvi boshlandi. Tekshiruv Sudyalar oliy kengashi tomonidan olib borilmogda.

Avvalroq, tungi klub oldida erkakni urib, uni komaga tushirib qo'ygan Akmal Shukurov 2025 yil 9 dekabr kuni apellyatsiya instansiyasi sudining ajrimi bilan ozodlikka chiqqani xabar qilingandi.

Eslatib o'tamiz, keyinchalik Toshkent shahar prokuraturasi ushbu qarorga taftish tartibida protest kiritgan. Taftish hay'ati protestni qanoatlantirib, Shukurovga jazolarni qisman qo'shish yo'li bilan 6 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlagan. Qamoqda o'tkazilgan muddat hisobga olinib, unga 5 yil 3 oy 12 kun jazo muddati qoldirilgan.

    Boshqa yangiliklar