AsosiyJinoyat

Toshkentda Tailandga ikki nafar fuqaroni fohishalikka yubormoqchi boʻlgan shaxs ushlandi

Маълум бўлишича, мазкур жиноий ҳаракат Таиландда бўлиб ўтган, 2005 йилда туғилган Ф.А. томонидан ташкиллаштирилган.

'Toshkentda Tailandga ikki nafar fuqaroni fohishalikka yubormoqchi boʻlgan shaxs ushlandi'ning rasmi

Davlat xavfsizlik xizmati hamda Ichki ishlar vazirligi xodimlari hamkorligida odam savdosiga qarshi kurash doirasida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda 1998 yilda tug‘ilgan, Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi S.N. ikki nafar fuqaroni Tailand davlatiga fohishalik bilan shug‘ullanish maqsadida jo‘natmoqchi bo‘lgan vaqtida Toshkent xalqaro aeroportida qo‘lga olindi.

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur jinoyiy harakat Tailandda bo‘lib turgan, 2005 yilda tug‘ilgan F.A. tomonidan tashkil qilingan.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi “b”, “g”, “e”, “z” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar