Qoo-Chatqi qishlog‘ida yashovchi to‘rtinchi sinf o‘quvchisi Nurzaman maktabga borish uchun metrga yaqin qorli yo‘llardan o‘tayotgani aks etgan video orqali mashhurlikka erishgandi.
Davlat rahbari bolaning qat’iyatini yuqori baholab, unga noutbuk, eski iPhone 16, futbol to‘pi va kitob sovg‘a qildi. Shuningdek, Nurzamanga prezident archasi bayramiga taklifnoma berildi va Japarov shaxsan o‘z telefon raqamini ham taqdim etdi.
Prezidentning aytishicha, bu holat uning bolaligini eslatgan — u ham maktabga borish uchun qiyin sharaitlarni yengib o‘tgan.






