AsosiyDunyo

Qirg‘iziston tashqi qarzini bir kunda to‘lashga qodir — Sadir Japarov

Prezident mamlakat iqtisodiyoti barqaror o‘sayotgani va davlat qarzi keskin kamayganini ma’lum qildi.

'Qirg‘iziston tashqi qarzini bir kunda to‘lashga qodir — Sadir Japarov'ning rasmi

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov zarurat tug‘ilganda mamlakat butun tashqi qarzini bir kun ichida to‘lash imkoniyatiga ega ekanligini, biroq bunday qadam iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emasligini aytdi. Bu haqda  Zamon.uz nashri ma’lum qildi.

Prezidentga ko‘ra, 2020 yilda davlat qarzi yalpi ichki mahsulotning 54 foizini tashkil etgan bo‘lsa, hozirda bu ko‘rsatkich qariyb 25 foizgacha tushgan. Japarov tashqi qarz mamlakat iqtisodiyoti uchun xavf tug‘dirmasligini, kreditlarni muddatidan oldin yopish esa yuqori foiz va jarimalar sababli foydasiz ekanligini ta’kidladi.

Rejalarga ko‘ra, Qirg‘iziston 2035 yilga borib barcha qarz majburiyatlarini to‘liq ado etadi.

Shuningdek, davlat rahbari oltin-valyuta zaxiralari 8,5 milliard dollardan oshganini ma’lum qildi. Hozirda Qirg‘izistonning umumiy davlat qarzi 8,6 milliard dollarni tashkil etadi, shundan 5,2 milliard dollari tashqi qarzlardir.

Prezident iqtisodiy o‘sish sur’ati 10 foizga yetganini qayd etib, bu mamlakatni dunyodagi eng tez rivojlanayotgan iqtisodiyotlar qatoriga olib chiqayotganini ta’kidladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Vengriya AQShdan 5 yilga suyultirilgan tabiiy gaz oladi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 13:50

    Vengriya AQShdan 5 yilga suyultirilgan tabiiy gaz oladi

    Besh yillik shartnoma doirasida Vengriya yiliga 400 million kubometr suyuqlashtirilgan tabiiy gaz (LNG) sotib oladi.

    'Jizzzda homilador mahkumaga tibbiy yordam vaqtida ko‘rsatilmagan'ning rasmi

    Dunyo Bugun 13:18

    Jizzzda homilador mahkumaga tibbiy yordam vaqtida ko‘rsatilmagan

    Jizzax viloyatidagi 29-son manzil-koloniyada saqlanayotgan og‘ir ahvoldagi mahkumga shoshilinchi tibbiy yordam ko‘rsatilmagani yuzasidan Ombudsman aralashdi.

    'Qozog‘istonda sovuqdan 3 kishi halok bo‘ldi.'ning rasmi

    Dunyo 16.12.2025 13:15

    Qozog‘istonda sovuqdan 3 kishi halok bo‘ldi.

    G‘arbiy Qozog‘iston viloyatida qishki ob-havo sharoitida 3 kishi sovuqdan vafot etdi.

    'ЕИ Россияга қарши 20-санкциялар пакетини тасдиқлади'ning rasmi

    Dunyo 16.12.2025 13:01

    ЕИ Россияга қарши 20-санкциялар пакетини тасдиқлади

    Yevropa Ittifoqi Rossiyaga nisbatan 20-sanksiyalar paketini qabul qildi. Yangi cheklovlar doirasida 17 nafar jismoniy va yuridik shaxs sanksiyalar roʻyxatiga kiritildi.

    'Xitoyda koʻp vaqt hojatxonada qolib ketgan xodim ishdan boʻshatildi'ning rasmi

    Dunyo 16.12.2025 00:22

    Xitoyda koʻp vaqt hojatxonada qolib ketgan xodim ishdan boʻshatildi

    Hodim bu holatni gemoroy kasalligi bilan izohlagan.

    'Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi “Barselona”ni sotib olmoqchimi?'ning rasmi

    Dunyo 15.12.2025 21:36

    Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi “Barselona”ni sotib olmoqchimi?

    Tarmoqlarda valiahd shahzoda futbol klubini sotib olish uchun 10 milliard evro taklif qilishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar tarqaldi.