AsosiyJamiyat

Toshkent metrosida yo‘lovchi sabab poyezd harakati to‘xtatildi

Metro vagonida eshik mexanizmini ishdan chiqargan yo‘lovchi sabab barcha yo‘lovchilar bekatga tushirildi.

'Toshkent metrosida yo‘lovchi sabab poyezd harakati to‘xtatildi'ning rasmi

Toshkent metropoliteni matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 16 dekabr kuni soat 16:23 da “Mustaqillik maydoni” bekatiidan “Paxtakor” tomonga harakatlanishi kerak bo‘lgan 16-sonli poyezda nosozlik yuzaga kelgan. Yo‘lovchilardan biri eshiklar yopilayotgan paytda vagonqa kirishga uringan va natijada eshikni himoya qiluvchi mexanizm ishdan chiqqan.

Mashinist nosozlikni bartaraf etgan bo‘lsa-da, muammo keyingi bekatga yetmasdan yana takrorlangan. Shundan so‘ng yo‘riqnomaqa muvofiq, barcha yo‘lovchilar bekatga tushirilgan va harakat tarkibi elektrodepoga olib ketilgan.

“Toshkent metropoliteni” DUK yo‘lovchilarni metro ob’ektlarida xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishga chaqirib, eshiklarini majburan ochmaslik va metro mulkiga zarar yetkazmaslikni so‘radi. Qoidalarga amal qilish barcha yo‘lovchilarning xavfsizligi va qulayligini ta’minlashi ta’kidlandi.

    Boshqa yangiliklar