AsosiyDunyo

Marokashda kuchli toshqinlar oqibatida 21 kishi halok bo‘ldi

Avvalroq, G‘azo hududida 72 soat davom etgan kuchli yomg‘irlar oqibatida yuzaga kelgan

'Marokashda kuchli toshqinlar oqibatida 21 kishi halok bo‘ldi'ning rasmi

Marokashning Atlantika okeani sohilida joylashgan Safi mintaqasida kuchli yomg‘ir va momaqaldiroq ortidan kelib chiqqan toshqinlar oqibatida kamida 21 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy OAVlar xabar berdi.

MEDI1TV telekanali ma’lumotiga ko‘ra, 14 dekabr kuni Safi mintaqasida yog‘gan kuchli yomg‘ir qisqa vaqt ichida suv toshqinlariga sabab bo‘lgan. Mahalliy hokimiyatlar qurbonlar soni 21 nafarga yetganini tasdiqlagan.

Marokash OAVlari yozishicha, Safi shahrida taxminan 70 ta uy va do‘konni suv bosgan, 10 ta avtomobilni oqim olib ketgan. Shuningdek, yo‘l infratuzilmasiqa jiddiy zarar yetgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, tabiiy ofat oqibatida 32 kishi jarohatlangan. Ular shifoxonalarga yotqizilgan bo‘lib, zarur tibbiy yordam ko‘rsatilgandan so‘ng ko‘pchiligi uyiga javob berilgan.

Ayni paytda qutqaruv xizmatlari bedarak yo‘qolganlarni qidirish ishlarini davom ettirmoqda, shuningdek, tabiiy ofatdan zarar ko‘rgan hududlarga yetib borish choraklari ko‘rilmoqda.

Eslatib o‘tiladi, avvalroq G‘azo hududida 72 soat davom etgan kuchli yomg‘irlar oqibatida yuzaga kelgan toshqinlar sabab 14 kishi, jumladan uch nafar bola halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.

    Boshqa yangiliklar