O'zgidromet 15 dekabr kuni kuzatiladigan ob-havo ma'lumotlarini e'lon qildi. Unga ko'ra, dushanba kuni qator hududlarda qor yog'ishi mumkin.
Toshkent shahrida havo o'zgaruvchan bo'ladi, kechasi va ertalab yomg'ir yog'adi, qorga aylanishi mumkin. Kunduzi yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol g'arbdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-3 daraja iliq, kunduzi 3-5 daraja iliq bo'ladi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o'zgaruvchan bo'ladi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Tuman tushishi mumkin. Shamol g'arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo'ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o'zgaruvchan bo'ladi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Tuman tushishi mumkin. Shamol g'arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo'ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo o'zgaruvchan bo'ladi, kechasi va ertalab ba'zi joylarda yomg'ir yog'adi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. Tuman tushishi mumkin. Shamol g'arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq bo'ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo o'zgaruvchan bo'ladi, kechasi va ertalab ba'zi joylarda yomg'ir yog'adi. Tuman tushishi mumkin. Shamol g'arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo'ladi.
Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlarida havo o'zgaruvchan bo'ladi, kunning birinchi yarmida ba'zi joylarda yomg'ir yog'adi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. Tuman tushishi mumkin. Shamol g'arbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo'ladi.
Respublikaning tog'oldi va tog'li hududlarida havo o'zgaruvchan bo'ladi, vaqti-vaqti bilan yog'ingarchilik (yomg'ir, qor), ba'zi joylarda kuchli bo'ladi. Tuman tushishi mumkin. Toshkent, Namangan viloyatlarining tog'li hududlarida qor ko'chishi havfi bor. Shamol g'arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 0-5 daraja sovuq bo'ladi.






