AsosiyJamiyat

Elektron retsept tizimi bo‘yicha call-markaz ishga tushirildi

Poytaxtda va tajriba-sinov hududlarida aholi murojaatlari 1003 orqali qabul qilinmoqda.

'Elektron retsept tizimi bo‘yicha call-markaz ishga tushirildi'ning rasmi

Toshkentda hamda tajriba-sinov loyihasi amalga oshirilayotgan 15 ta tuman (shahar)da dori vositalarini elektron retsept asosida berish amaliyoti joriy etilishi jamoatchilikda turli savol va murojaatlarning yuzaga kelishiga sabab bo‘lmogda.

Shundan kelib chiqib, aholining murojaatlari va savollariga tezkor hamda aniq javob berish maqsadida Sog‘ligni saqlash vazirligining 1003 qisqa raqamli “Ishonch telefoni” bazasida muntazam faoliyat yurituvchi 1003 qisqa raqamli call-markaz tashkil etildi. 

Mazkur aloqa liniyasi orqali malakali mutaxassislar tomonidan Toshkent shahri va tajriba-sinov loyihasi amalga oshirilayotgan 15 ta tuman (shahar)da “Elektron retsept” tizimi amaliyoti bo‘yicha kelib tushayotgan savollar va murojaatlarga tunu kun javob beriladi.

    Boshqa yangiliklar