AsosiyJamiyat

"Formula-1" yulduzi Sharl Lekler Islom sivilizatsiyasi muzeyiga tashrif buyurdi

"Scuderia Ferrari" jamoasining "Formula-1" chempioni Sharl Lekler Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyidan hayratda qoldi.

'"Formula-1" yulduzi Sharl Lekler Islom sivilizatsiyasi muzeyiga tashrif buyurdi'ning rasmi

“Scuderia Ferrari” jamoasining “Formula-1” chempioni Sharl Lekler O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyiga tashrif buyurib, bu bino, undagi har bir bo‘lim va ekspozitsiyadagi mayda detallargacha bo‘lgan e’tibor o‘ziga xos chiroy va mukammallikni namoyon etganini e’tirof etdi.

Sharl Lekler, “Formula-1” chempioni:

“Bu yerda ko‘rganlarim – haqiqatan ham aql bovar qilmaydigan darajada hayratlanarli. Men bugun guvoh bo‘lgan manzaralarni boshqa hech qaerda uchratmaganman. Markaz ichidagi har bir detal, har bir bo‘limga berilgan e’tibor – nihoyatda nafis va aniq maqsadli tashkil etilgan.

Men uchun yangi madaniyatlar, yangi mamlakatlar bilan tanishish doimo qiziqarli. O‘zbekiston esa o‘zining boy, chuqur va juda jozibali tarixi bilan alohida ajralib turadi. Bu yerga taklif etilganim, mamlakat haqida ko‘proq bilish imkoniyatiga ega bo‘lganim men uchun katta sharaf. Buning uchun samimiy minnatdorlik bildiraman.

Bu tashabbus, meningcha, juda ulkan ahamiyatga ega. Markazni ko‘rish menda juda katta taassurot qoldirdi. Men O‘zbekistonda bir marta bo‘lganman va o‘sha paytdanoq bu yurt menga juda yoqqan edi.

Mana ikkinchi bor kelishim. Bu safar madaniyatni yanada yaqindan anglash, xalq va mamlakat haqida ko‘proq ma’lumot olish uchun ajoyib imkoniyat bo‘ldi.

Ko‘rgazmalar ham juda yuqori darajada tashkil etilgan. Bu yerda qo‘llanilgan texnologiyalar, materiallar va yondashuv – barchasi o‘ziga xos, o‘zgacha. Markazda O‘zbekiston tarixining yirik bir bo‘lagi mujassam ekani yaqqol seziladi”

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Yangi yoʻlda avtobus YTHga uchrab, agʻdarilib ketdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 20:43

    Yangi yoʻlda avtobus YTHga uchrab, agʻdarilib ketdi

    Viloyat YXHB voqea tafsilotlarini ochiqladi.

    'Elektron retsept tizimi bo‘yicha call-markaz ishga tushirildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 18:56

    Elektron retsept tizimi bo‘yicha call-markaz ishga tushirildi

    Poytaxtda va tajriba-sinov hududlarida aholi murojaatlari 1003 orqali qabul qilinmoqda.

    'Rimda Shayx Zoid nomidagi "Insoniy birodarlik" — 2026 mukofoti hay’atining yakuniy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 17:21

    Rimda Shayx Zoid nomidagi "Insoniy birodarlik" — 2026 mukofoti hay’atining yakuniy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

    Saida Mirziyoyeva hay’at a’zolari bilan birgalikda mukofot sovrindorlarini saralash jarayonida ishtirok etganidan mamnun ekanini bildirdi.

    '"Elektron retsept tizimi kontrafakt dori vositalari savdosining oldini oladi"'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 15:35

    "Elektron retsept tizimi kontrafakt dori vositalari savdosining oldini oladi"

    Nega elektron retsept tizimiga o‘tilishi haqida izoh berildi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:53