AsosiyJamiyat

Andijonda muqaddam 4 marta sudlangan erkak yana jinoyat ustida ushlandi

62 yoshli erkak giyohvandlik sabab avval 4 marta qamalgan. Ushbu shaxs yana shu turdagi jinoyat ustida qo‘lga tushdi.

'Andijonda muqaddam 4 marta sudlangan erkak yana jinoyat ustida ushlandi'ning rasmi

Andijonda bir necha marta sudlangan fuqaro yana jinoyat ustida qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar qildi. 

Xabarga ko‘ra, 1963 yilda tug‘ilgan ushbu shaxs  muqaddam to‘rt marotaba Jinoyat kodeksining 273-moddasi, ya’ni giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni sotish uchun tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish bo‘yicha sudlangan.

U jinoyiy sherigi 1972 yilda tug‘ilgan fuqaro bilan birgalikda Hyundai Tucson rusumli avtomashinasida shartli xaridorga bir kilogramm gashish va 100 gramm opiy giyohvandlik vositalarini 21 ming dollarga sotgan vaqtida tezkor tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘lga olinib, ashyoviy dalillar hujjatlashtirib olindi.

Boshqa bir holatda esa, Andijon viloyatida yashovchi 1986 yilda tug‘ilgan shaxs boshqaruvida bo‘lgan Lasettti rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib tekshirilganda, mashinada to‘rt nafar shaxs borligi va ularning ikki nafari sotuvchi, bir nafari iste’molchi va yana biri tashuvchi ekanligi aniqlandi.

Shu bilan birga, ushbu uyushgan narkoguruh 2021 yildan buyon faoliyat yuritib kelishi, bir yilda o‘rtacha 40-50 kilogramm narkotik moddalarni tarqatganligi, asosan Andijon va Farg‘ona viloyatlarida faoliyat yuritganligi ma’lum bo‘ldi.

Avtotransport vositasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, o‘rindiq pastki qismida bir kilogramm og‘irlikdagi gashish giyohvandlik vositasi yashirilganligi aniqlandi, ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olindi, deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar