Tarixiy va etnografik manbalarga ko‘ra, Toshkent vohasida palov tayyorlash asrlar davomida shakllangan.
To‘y oshi nafaqat milliy taom, balki kimyo, fizika va biologiya qonuniyatlari uyg‘unlashgan murakkab jarayon bo‘lib, odatda tong saharda yarimsfera shaklidagi qalin devorli cho‘yon qozonlarda pishiriladi.
Mazkur maqom "Toshkent to‘y oshi" nomi hamda uning an’anaviy tayyorlash texnologiyasini huquqiy himoya qiladi, shuningdek mahsulot sifatining davlat me’yorlariga mosligini kafolatlaydi.
Geografik ko‘rsatkich esa mahsulotning aynan muayyan hududga mansubligini va uning o‘ziga xos jihatlari shu hudud bilan bog‘liqligini tasdiqlovchi intellektual mulk obyekti hisoblanadi.






