AsosiyBu qiziq

Osiyo mamlakatlari turmush darajasini tez oshirmoqda

So‘nggi 25 yilda kishi boshiga YaIM eng tez o‘sgan mamlakatlar e’lon qilindi.

'Osiyo mamlakatlari turmush darajasini tez oshirmoqda'ning rasmi

Xalqaro valyuta jamg'armasi ma'lumotlariga ko'ra, 2000 yildan 2025 yilgacha kishi boshiga real YaIM eng katta o'sishni Osiyo iqtisodiyotlari qayd etdi.

Xitoyda ushbu ko'rsatkich 4 050 dollardan 25 035 dollarga, ya'ni 518 foizga oshdi.

Vyetnam 266 foiz, Bangladesh 208 foiz va Hindiston 235 foiz o'sishga erishdi.

Rossiya esa 14-o'rinni egallab, kishi boshiga YaIM 109 foizga o'sdi. Ammo BAAda aholi sonining tez o'sishi sababli kishi boshiga YaIM pasaygan — 99 ming dollardan 72 386 dollarga tushgan.

Xalqaro ekspertizalar shuni ta'kidlamoqdaki, Osiyo iqtisodiyoti XXI asrda jahon savdo va rivojlanish dinamikasida asosiy rol o'ynab kelmoqda.

    Boshqa yangiliklar