Time jurnali 2025-yilning eng nufuzli nominatsiyalarini e’lon qildi. "Yil odami" unvoni bu yil tarixda ilk bor bir kishiga emas, sun’iy intellekt sohasining eng ta’sirchan sakkiz rahbariga nasib etdi. Jurnal muqovasida Mark Suckerberg, Liza Su, Ilon Mask, Jensen Huang, Sem Altman, Demis Hassabis, Dario Amodei va Fei-Fei Li mashhur "Osmono‘par binoda tushlik" suratidan ilhomlangan tarzda aks ettirilgan.
Timening qayd etishicha, 2025-yilda sun’iy intellektning "Yil odami" bo‘lish ehtimoli 69 foizni tashkil etgan, ular ortidan Nvidia rahbari Jensen Huang (14%), OpenAI bosh direktori Sem Altman (10%) va Papa Leo XIV (4%) kuzatilgan.
Jurnal shu bilan birga YouTube rahbari Nil Mohanni "Yil rahbari", aktyor Leonardo Di Kaprioni esa "Yil artisti" deb e’tirof etdi. Time Mohanning platformani global media maydonida yetakchi kuchga aylantirganini, Di Kaprioni esa "har doim to‘g‘ri qarorga olib boruvchi nooddiy tanlovlari" uchun yuqori baholaganini ta’kidladi.






