AsosiyBu qiziq

2024 йил қурол савдоси рекорд даражага чиқди

Eng yirik 100 ta qurol ishlab chiqaruvchi kompaniyaning daromadi o'tgan yili 679 milliard dollarni tashkil etgan.

'2024 йил қурол савдоси рекорд даражага чиқди'ning rasmi

2024 yilda dunyoda qurol savdosi tarixiy ko‘rsatkichga yetdi. BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Folker Tyurkning aytishicha, yirik harbiy kompaniyalar daromadi keskin oshishiga Ukraina va G‘azodagi urushlar, global keskinliklar hamda davlatlar harbiy xarajatlarining ko‘payishi sabab bo‘lgan.

Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, eng yirik 100 ta qurol ishlab chiqaruvchi kompaniya o‘tgan yili 679 milliard dollar daromad qilgan. Tyurk Jenevadgi uchrashuvda inson huquqlari sohasi yetarlicha moliyalashtirilmayotganini, bosimlar kuchayganini ta’kidladi. Unga ko‘ra, G‘azo hali ham mislsiz azob-uqubatlar hududi bo‘lib qolmoqda, hujumlar to‘liq to‘xtatgani yo‘q.

Shuningdek, G‘arbiy Sohilda falastinliklarga nisbatan hujumlar ortgani, Sudanda qurolli to‘qnashuvlar aholiga jiddiy zarar keltirayotgani qayd etildi. Ukraineda tinch aholi orasidagi qurbonlar soni esa bir yilda 24 foizga oshgan.

BMT moliyalashuvidagi 90 million dollarlik tanqislik tufayli 300 ta ish o‘rni qisqargani va Kongo, Kolumbiya, Myanma, Tunis kabi davlatlardagi muhim loyihalar to‘xtatgani ma’lum qilindi. Tyurkning ta’kidlashicha, ayrim tinchlikka oid kelishuvlar amalga oshirilsa-da, ular aholini to‘liq himoya qila olmayapti.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    '"Trump Organization" Avstraliyada eng baland osmono'par bino qurishni rejalashtirmoqda'ning rasmi

    Bu qiziq 25.02.2026 19:42

    "Trump Organization" Avstraliyada eng baland osmono'par bino qurishni rejalashtirmoqda

    Loyiha qiyati kamida 1 milliard dollarga baholanayotgan minora mamlakatdagi eng baland inshoot bo‘lishi kutilmogda.

    'UFOda erkak bayram payti tasodifan stakan ustiga yiqilib, jarrohlik amaliyotiga tushdi'ning rasmi

    Bu qiziq 25.02.2026 05:19

    'Shimoliy Koreyada 2 yoshli bola Injil sababli umrbod qamaldi'ning rasmi

    Bu qiziq 25.02.2026 03:20

    Shimoliy Koreyada 2 yoshli bola Injil sababli umrbod qamaldi

    Mamlakatda diniy adabiyot saqlash og‘ir jinoyat sifatida baholanadi.

    'Bugun qayerlarda yomg‘ir yog‘ishi aytildi'ning rasmi

    Bu qiziq 25.02.2026 03:09

    Bugun qayerlarda yomg‘ir yog‘ishi aytildi

    O‘zgidromet bugun, 25 fevral kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi.

    ''ning rasmi

    Bu qiziq 24.02.2026 12:45

    'Dollar kursi tushdi'ning rasmi

    Bu qiziq 24.02.2026 11:19

    Dollar kursi tushdi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 25 fevral kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.