AsosiyJamiyat

Oliy taʼlim vazirligi sudda yutqazdimi?

Avvalroq, Oliy taʼlim vazirligi “PROFI UNIVERSITY”ga berilgan litsenziyani bekor qilishni soʻrab sudga murojaat qilgan edi.

'Oliy taʼlim vazirligi sudda yutqazdimi?'ning rasmi

Oliy ta'lim vazirligi tomonidan “PROFI UNIVERSITY”ga yuridik yo‘nalish bo‘yicha berilgan litsenziya yuzasidan kelib chiqqan nizoga doir sud jarayoni bo‘yicha qaror e’lon qilindi.

Avvalroq Oliy ta'lim vazirligi 2025 yil 29 avgust kuni soat 06:19 dan 09:53 gacha license.gov.uz axborot tizimida yuzaga kelgan texnik nosozlik sababli, ko‘rib chiqish muddati tugamagan ayrim arizalar bo‘yicha nodavlat oliy ta'lim tashkilotlarining amaldagi litsenziyalariga o‘zgartirish kiritsh haqidagi so‘rovlar talab buzilgan holda tizim tomonidan ijobiy xulosa sifatida shakllantirilganini ma’lum qilgan edi. Vazirlik mazkur holatni texnik xato deb baholab, uning sabablarini o‘rganish davom etayotganini bildirgan.

Mazkur bayonotga javoban Adliya vazirligi tizimda hech qanday nosozlik kuzatilmaganini, u ko‘rsatilgan vaqt oralig‘ida ham to‘liq ishchi holatda bo‘lganini ma’lum qilgan.

Shundan so‘ng Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (arizachi sifatida) “PROFI UNIVERSITY” MChJga (javobgar) nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun 2025 yil 29 avgustda berilgan 996228-sonli litsenziyani bekor qilish talabi bilan sudga murojaat qilgan.

Ammo 2025 yil 24 oktyabr kuni Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining qarori bilan vazirlikning da’vo talabi rad etilgan.

Universitet rahbari Bektosh Hatamov 10 dekabrdagi apellyatsiya sudi vazirlik foydasiga qaror qabul qilganini, ish endi taftish instantsiyasida ko‘rilishini ma’lum qildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Metan zapravkalar faoliyatiga vaqtincha cheklov kiritildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:37

    Metan zapravkalar faoliyatiga vaqtincha cheklov kiritildi

    Vazirlik gaz bosimini me’yorga keltirish bo‘yicha ishlar olib borilayotganini, cheklovlar esa vaqtinchalik ekanini ma’lum qildi.

    'MIB nomidan feyk xabarlar tarqalmoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 15:33

    MIB nomidan feyk xabarlar tarqalmoqda

    MIB esa haqiqiy bildirishnomalar mobil SMS orqali yoki rasmiy “MIB” info nomeri orqali yubirilishini ma’lum qildi.

    'Qamchiqda kanatkadan tushib ketgan ayol tirik ekani ma'lum qilindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:48

    Qamchiqda kanatkadan tushib ketgan ayol tirik ekani ma'lum qilindi

    Jabralanuvchining sog‘lig‘i holati bo‘yicha rasmiy ma’lumot hali e’lon qilinmagan.

    'O‘zbekistonlik 9 nafar bokschi Jahon chempionati yarim finaliga chiqdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:00

    O‘zbekistonlik 9 nafar bokschi Jahon chempionati yarim finaliga chiqdi

    Yarim final janglari bugun, 11 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.

    'Mirziyoyev Turkmanistonga ketadigan bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:42

    Mirziyoyev Turkmanistonga ketadigan bo‘ldi

    Xo'sh, O'zbekiston yetakchisi nega Turkmanistonga tashrif buyuradi?

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:39