Favqulodda vaziyatlar vazirligining ma'lum qilishicha, A-373 xalqaro avtomobil yo‘lining Qamchiq dovoni qismida yuzaga kelgan qor ko‘chkisi havfi tufayli transport vositalari harakati vaqtincha cheklandi.
Hozirgi paytda FVV rahbarligi boshchiligida tegishli idoralar mutaxassislari tomonidan vaziyatni baholash, havf darajasini aniqlish va profilaktik ishlar olib borilmoqda.
Ma'lumotlarga ko‘ra, dovon orqali harakatning qayta tiklanishi haqida qo‘shimcha axborot rasmiy manbalar orqali e'lon qilinadi. Fuqarolardan berilgan bildirishlarni kuzatib borish so‘ralgan.






