AsosiyJamiyat

Toshkentda xususiy klinikada vafot etgan erkak bo‘yicha klinika shifokorlariga nisbatan jinoyat ishi ko‘zgatildi.

Mazkur holat yuzasidan, marhumning o‘lim sababini aniqlish maqsadida 12 noyabr kuni Sudga-oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.

'Toshkentda xususiy klinikada vafot etgan erkak bo‘yicha klinika shifokorlariga nisbatan jinoyat ishi ko‘zgatildi.'ning rasmi

Xabaringiz bor, Toshkentdagi xususiy klinikada burnini operatsiya qildirgan 31 yoshli erkak vafot etgani haqidaxabarborgan edik. Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov darakchi.uz'ga holat yuzasidan ma'lumot berdi.

Unga ko'ra, Chilanzor tumanida yashagan 1994 yilda tug'ilgan fuqaro X.D. shu yilning 12 noyabr kuni Olmazor tumanida joylashgan xususiy klinikaga "chap tomonlama burun kistoz gaymoriti, o'ng tomonlama o'rta burun chig'anog'i ko'ndaxo bulliozi vazamator rinit" tashxisi bilan murojaat qilib, ushbu klinika shifokorlari tomonidan jarrohlik amaliyoti o'tash jarayonida soat 12:20 larda puls ko'rsatkichlari yo'qolib, yurak faoliyati to'satdan to'xtab qolishi natijasida biologik o'lim holati yuz bergan.

RSTEIAM Toshkent shahar filiali Morfologiya bo'limining 2025 13 noyabrdagi 1250-sonli dastlabki ma'lumotnomasiga ko'ra, fuqaro X.D.ning o'limiga "O'tkir koronar o'lim, o'tkir anafilaktik shok sabab bo'lganligi" ko'rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan, marhumning o'lim sababini aniqlish maqsadida 12 noyabr kuni Sudga-oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.

Olmazor tuman prokuraturasi tomonidan xususiy klinika shifokorlariga nisbatan 29 noyabr kuni JKning 116-moddasi 4-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmogda.

Bundan tashqari, dastlabki tergovda berilgan alohida topshiriqqa asosan Olmazor tumani SEO va JSH bo'limi tomonidan xususiy klinika faoliyati 14-03/28-sonli qarorga asosan joriy yilning 6 dekabr kunidan boshlab rasman to'xtatilgan. Hozirda, dastlabki tergov harakatlari olib

    Boshqa yangiliklar