AsosiyDunyo

Toshkentda burun operatsiyasi vaqtida 31 yoshli erkak vafot etdi

Bemorniнг yaqinlari klinikani beparvolikda ayblamoqda.

'Toshkentda burun operatsiyasi vaqtida 31 yoshli erkak vafot etdi'ning rasmi

31 yoshli erkak nafas olishdagi muammolar sabab burun operatsiyasiga rozi bo‘lgan. Kerakli tibbiy tekshiruvlardan o‘tib, shifokorlar unga jarrohlik amaliyotiga ruxsat bergan. Biroq 12 noyabr kuni soat 11:30 da operatsiyaga kirgan bemor ko‘p o‘tmay vafot etgan, yaqinlariga esa bu haqida uch soat o‘tib xabar berilgan. Bu haqda “Millar” dasturi xabar berdi.

Marhumning otasi operatsiyadan so‘ng o‘g‘lining holatini ko‘rib shokka tushganini aytmoqda: “Operatsion kiyim yo‘q, qora futbolka va eski shimda yotibdi. Yordamchi apparatlar ko‘rinmadi, yuzlari ham artilmagan. Ikki nafar go‘dak yetim qoldi,” — deydi u.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bemor anafilaktik shokdan vafot etgan bo‘lishi mumkin. Yaqinlari esa unga narkoz me’yordan ortiq berilgani ehtimolini ilgari surmoqda.

Rasmiy manbalarda klinika nomi aytilmagan bo‘lsa-da, ijtimoiy tarmoqlarda bu operatsiya “Ibotov” klinikasida amalga oshirilgani haqida ma’lumotlar tarqalmogda. Marhumning oilasi klinika voqeadan keyin ham biron izoh bermaganidan norozi.

Hozirda Olmazor tumani prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmogda.

So‘nggi yillarda bunday holatlar ko‘paygani ham e’tibor qaratmoqda: – 2025 yil aprel — Farg‘onada 33 yoshli erkak; – 2025-yil iyun — Samarqandda 16 yoshli qiz; – 2025-yil avgust — Toshkentda 9 yoshli bola; – 2023 yil mart — blogger Farhod Mannopov burun operatsiyasidan so‘ng vafot etgan edi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Oʻzbekiston fuqaroligini olgan qiz WTA 125 turniri chempioni boʻldi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 11:06

    Oʻzbekiston fuqaroligini olgan qiz WTA 125 turniri chempioni boʻldi

    Ushbu g'alaba tennischining O'zbekiston sharafini himoya qilgan holda erishgan ilk yirik yutug'i sifatida tarixga kirdi.

    'Toshkentda 13 yoshli jiyani orqali qoradari tashitgan ayol qo‘lga olindi.'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:19

    Toshkentda 13 yoshli jiyani orqali qoradari tashitgan ayol qo‘lga olindi.

    Tezkor tadbirda 150 mln so‘mlik 1,3 mingdan ortiq kuchli ta’sir qiluvchi dori musodara qilindi.

    'Zelenskiy: “AQShning tinchlik rejasi 28 banddan 20 taga qisqardi”'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:05

    Zelenskiy: “AQShning tinchlik rejasi 28 banddan 20 taga qisqardi”

    Ukraina rahbari reja qayta ko‘rib chiqilgani va murosaga qaratilgani haqida ma’lum qildi.

    'Goa tungi klub yonib ketdi'ning rasmi

    Dunyo 08.12.2025 22:02

    Goa tungi klub yonib ketdi

    Ushbu muhim hodisa ortidan 25 kishi halok bo‘ldi.

    'AQSh Kongressi rekord darajadagi mudofaa byudjeti loyihasini koʻrib chiqmoqda'ning rasmi

    Dunyo 08.12.2025 16:46

    AQSh Kongressi rekord darajadagi mudofaa byudjeti loyihasini koʻrib chiqmoqda

    2026 moliyaviy yil uchun AQSH mudofaasiga 901 milliard dollar ajratilishi rejalashtirilgan

    'Sudanlik jangarilar uch hafta ichida necha nafar kishini o‘ldirgani ochiqlandi.'ning rasmi

    Dunyo 08.12.2025 15:20

    Sudanlik jangarilar uch hafta ichida necha nafar kishini o‘ldirgani ochiqlandi.

    Voqealar aholining hayotiga jiddiy tahdid solmoqda va xalqaro hamjamiyat eʼtiborini jalb qilmoqda.