AsosiyJamiyat

Javohir Sindorov 4-turda Karuanani mag'lub etdi

"Freestyle Chess Grand Slam" musobaqasining Keyptaunda boʻlib oʻtayotgan saralash bosqichida Javohir Sindorov qora donalarda dunyoning uchinchi raqamli shaxmatchisi Fabiano Karuanani magʻlub etdi.

'Javohir Sindorov 4-turda Karuanani mag'lub etdi'ning rasmi

Janubiy Afrika Respublikasidagi Freestyle Chess Grand Slam musobaqasida bellashuvlar qizg‘in pallaga kirgan. Mukofot jamg‘armasi 660 ming dollar bo‘lgan turnirda dunyoning eng kuchli 8 nafar shaxmatchisi — Javohir Sindorov, Magnus Karlsen, Fabiano Karuana, Vincent Keymer, Arjun Erigaisi, Levon Aronyan, Hans Niemann va Parham Maghsoudlu g‘oliblik uchun kurashmoqda.

4-turda O‘zbekiston termasining ikkinchi raqamli shaxmatchisi, 2025 yilgi Jahon kubogi g‘olibi Javohir Sindorov qora donalarda amerikalik Fabiano Karuanani ishonchli tarzda mag‘lub etdi. Bu Sindorovning musobaqadagi uchinchi g‘alabasi bo‘ldi.

U avvalgi turlarda Magnus Karlsen va Parham Maghsoudlu ustidan zafar qo‘lgan, Vincent Keymer hamda Arjun Erigaisiga qarshi durang qayd etgan edi. Hozircha 5 uchrashuvdan 4 ochko to‘plagan Sindorov Levon Aronyan bilan birgalikda musobaqa hisobida peshqadamlik qilmoqda.

Javohir Sindorov 6-turda AQSh vakili Hans Niemanga qarshi o‘ynaydi. Turnir 8–11 dekabr kunlari Keyptaunda bo‘lib o‘tmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Oʻzbekiston Rossiya makaron mahsulotlari importini oshirdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 17:57

    Oʻzbekiston Rossiya makaron mahsulotlari importini oshirdi

    Rossiya 2025 yilning yanvar–sentabr oylarida makaron mahsulotlari eksportini 21 foizga oshirdi.

    'Toshkentda avtobusda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan erkak 5 sutkaga qamaldi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 17:25

    Toshkentda avtobusda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan erkak 5 sutkaga qamaldi.

    Jabralanuvchi hodisani telefoniga suratga olgan va sudda erkak o‘z aybini tan olmagan.

    'O‘zbekistonda qurilish chiqindilarini qayta ishlashda yangi tartib joriy etiladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:12

    O‘zbekistonda qurilish chiqindilarini qayta ishlashda yangi tartib joriy etiladi

    2026 йил 1 июндан бошлаб Ўзбекистонда қурилиш чиқиндиларини қайта ишлаш, такрорий фойдаланиш ёки утилизация қилишнинг янги тартиби ишга туширилади.

    'Toshkent havosida mayda zarrachalar me’yordan oshib ketmadi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:45

    Toshkent havosida mayda zarrachalar me’yordan oshib ketmadi

    Ma'lumotlariga ko'ra, poytaxt atmosferasi barqaror holatda.

    'Oʻzbekistonliklar Yaponiyada qurilish sohasida ishlashi mumkin'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:39

    Oʻzbekistonliklar Yaponiyada qurilish sohasida ishlashi mumkin

    700 nafar nomzod uchun onlayn tanlovlar boshlanadi.

    'Shavkat Mirziyoyev 615 nafar mahkumni afv etdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:02

    Shavkat Mirziyoyev 615 nafar mahkumni afv etdi

    Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг 33 йиллиги муносабати билан инсонпарварлик сиёсати доирасида 615 нафар маҳкумга афв ажратилган