AsosiyJamiyat

Oʻzbekiston Rossiya makaron mahsulotlari importini oshirdi

Rossiya 2025 yilning yanvar–sentabr oylarida makaron mahsulotlari eksportini 21 foizga oshirdi.

'Oʻzbekiston Rossiya makaron mahsulotlari importini oshirdi'ning rasmi

Federatsiyaning Eksport mahsulotlarini rivojlantirish markazi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu davrda chetga 154 million dollarlik makaron yetkazib berilgan.

Eksportning katta qismi an’anaviy ravishda qo‘shni davlatlarga to‘g‘ri keladi. Belarus 35 foizlik ulush bilan yetakchilik qilib, yil boshidan beri Rossiyadan 54 million dollarlik makaron xarid qilgan — bu o‘tgan yilga nisbatan 43 foiz ko‘p.

Qozog‘iston 36 million dollar bilan ikkinchi o‘rinda bo‘lsa, O‘zbekiston 16 million dollarlik import hajmi bilan uchlikni yakunlagan. Mamlakat Rossiya makaronini xaridini o‘tgan yilga nisbatan 19 foizga oshirgan.

Rossiya eksportida asosan qadoqlanmagan makaronlar yetakchilik qilmoqda — ular umumiy hajmning qariyb 63 foizini tashkil etadi. Tuxumsiz pishirilmagan makaron esa 32 foizlik ulush bilan ikkinchi o‘rinda turadi.

Markaz rahbari Ilya Ilyushinning ta’kidlashicha, sobiq ittifoq davlatlarida makaron asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan biri bo‘lib qolmoqda, bu esa Rossiya ishlab chiqarishining eksport salohiyatini kengaytirishda davom etmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Navoiyda 8 yoshli o‘quvchi ingliz tilidan B2 sertifikat oldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:11

    Navoiyda 8 yoshli o‘quvchi ingliz tilidan B2 sertifikat oldi

    Viloyatdagi maktab o‘quvchisi yosh toifasida ingliz tilidan milliy sertifikat olish bo‘yicha rekord yangilandi.

    'Yangi hayotda ishlab chiqarish korxonasi yonib ketdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:11

    Yangi hayotda ishlab chiqarish korxonasi yonib ketdi

    Bugun tushdan keyin Toshkentning Yangihayot tumanida joylashgan korxonalardan birida yong‘in chiqdi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:07

    'Buxoroda mash haydovchi Lacettiga urilib, 3 yoshli bolani ham urib yubordi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:27

    Buxoroda mash haydovchi Lacettiga urilib, 3 yoshli bolani ham urib yubordi

    15 aprel kuni kechqurun Buxoro shahrida mast haydovchi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

    'O‘qituvchilarga yengillik: attestatsiya to‘lovi 50 foizga kamaytirildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:51

    O‘qituvchilarga yengillik: attestatsiya to‘lovi 50 foizga kamaytirildi

    Бу ҳақда Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги маълум қилди.

    'Samarqandda xalqaro forum va yoshlar sammiti o‘tkaziladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:48

    Samarqandda xalqaro forum va yoshlar sammiti o‘tkaziladi

    Samarqandda narkotahdidlarga qarshi kurash bo‘yicha yirik xalqaro forum o‘tkaziladi.