Bugun, 2025 yil 6 dekabr, soat 19:18:21 da O‘zbekistonda kuchi 4 ball bo‘lgan yer silkinishi sodir bo‘ldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ko‘ra, zilzilaning episentri Namangan viloyati Pop tumani hududida joylashgan bo‘lib, silkinish magnitudasi 3,4, chuqurligi esa 11 km ni tashkil etgan.
Episentrdagi 4 ballik silkinish respublikaning ayrim tumanlarida ham sezilgan.
Pop tumani — 2–3 ball, masofa 15 km;
Dang‘ara tumani — 2 ball, masofa 27 km.
Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, zilzila Toshkentdan 133 km janubiy-sharqda qayd etilgan.
Hozircha zilzila oqibatida zarar yoki jabrlanishlar haqida ma’lumot berilmagan. Mutasaddi xizmatlar vaziyatni monitoring qilishda davom etmoqda.






