Toshkent metropolitenida 9 dekabrdan boshlab “Yerusti halqa yo‘li” yo‘nalishidagi barcha 14 ta bekatdagi, shuningdek, “Paxtakor” va “Alisher Navoiy” bekatlarida kassalar yopiladi. Bu haqda metro matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, ushbu bekatlarda naqd pul bilan amalga oshirilayotgan to‘lov ko‘rsatkichlari past. Ushbu bekatlarda kassalar o‘rniga yangi zamonaviy QR-kodli chiptalar beruvchi apparatlar – infokiosklar ishga tushirilgan.
Metro infokiosklar orqali chipta xaridi tezlashishi, navbatlar kamayishini ta’kidlagan. Shuningdek, QR-kod asosidagi chiptalarni mobil telefon yoki chop etilgan kvitansiya shaklida ishlatish imkoniyatini eslatgan.






