"Der Spiegel"ning yozishicha, Germaniya Mudofaa vazirligi tasdiqiga ko'ra, Bundesver uchun mo'ljallangan o'q-dorilarni olib ketayotgan transport kompaniyasi haydovchisi yuk mashinasini Bura shahri yaqinidagi qo'riqlanmaydigan avtoturargohda qoldirgan. U tunni mehmonxonada o'tkazishga qaror qilgan va transport bir necha soat davomida nazoratsiz qolgan.
Shu vaqt ichida noma'lum shaxslar taxminan 10 ming dona pistolet o'qi, 9,9 ming dona avtomatlar uchun mo'ljallangan bo'sh o'q va ko'zni ochishtiruvchi granatalarni o'g'irlab ketishgan.
Mudofaa vazirligi hodisani "jiddiy xavfsizlik buzilishi" sifatida baholab, bunday o'q-dorilar uchinchi shaxslar qo'liga tushmasligi kerakligini ta'kidlagan. Bundesverdagi manbalarga ko'ra, o'g'irlik "oldindan rejalashtirilgan bo'lishi ehtimoldan xoli emas".
Ayni paytda Germaniya huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan keng qamrovli tergov olib borilmogda.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Qirg'izistonda ham qurol-yarog' savdosi bilan shug'ullangan uyushgan guruh qo'lga olingani haqida xabar berilgandi.






