AsosiySiyosat

Oʻzbekiston yashil iqtisodiyotga oʻtish uchun AIIIBdan 500 million dollar oladi

Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki va Oʻzbekiston hukumatining barqaror bozor iqtisodiyotiga oʻtish dasturini qoʻllab-quvvatlash maqsadida 500 million dollarlik kelishuvni imzoladi.

'Oʻzbekiston yashil iqtisodiyotga oʻtish uchun AIIIBdan 500 million dollar oladi'ning rasmi

Mazkur dastur past uglerodli o‘sishni ta’minlash, davlat sektori samaradorligini oshirish va iqlim o‘zgarishiga bardoshli mexanizmlarni kuchaytirishni nazarda tutadi. Bu haqda O‘zA ma’lum qildi.

Bankning iqlimga yo‘naltirilgan moliyalashtirish siyosati doirasida butun iqtisodiyot bo‘ylab tizimli iqlim chorasini joriy etish qo‘llab-quvvatlanadi.

Islohotlar energetika va yirik davlat korxonalarida boshqaruv shaffofligini oshirish, davlat xaridlarida ekologik standartlarni tatbiq etish, shuningdek, uglerod kreditlari aylanishi uchun aniq qoidalarni shakllantirishni o‘z ichiga oladi. Bu esa xususiy investitsiyalarni jalb qilishga xizmat qiladi.

Dastur Jahon banki bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Rasmiy ma’lumotda ta’kidlanishicha, resurslardan oqilona foydalanish va toza energiya yechimlarini keng joriy etish issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish, havo sifatini yaxshilash va iqlim xatarlariga bardoshlilikni oshirishga xizmat qilishi kutilmog‘da.

Energiya tejamkor texnologiyalardan keng foydalanish energiya xarajatlarini kamaytirib, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi guruhlari uchun yashash sharoitlarini yaxshilashga yordam berishi ta’kidlangan.

    Boshqa yangiliklar