AsosiyJamiyat

Toshkentda “Avtostoyanchik” mashina urib ketishi oqibatida vafot etdi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

'Toshkentda “Avtostoyanchik” mashina urib ketishi oqibatida vafot etdi'ning rasmi

28 noyabr kuni Toshkentning Abdulla Qodiriy ko‘chasida sodir bo‘lgan YTH oqibatda Poytaxt Parking inspektori Feruz Parmonov halok bo‘ldi. YXHB ma’lumotiga ko‘ra, soat 11:10 atrofida Onix haydovchisi harakat vaqtida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetida turgan inspektorni urib yuborgan.

Zarba ta’sirida avtomobil avval o‘ng qatorda to‘xtab turgan Nexia-3 va Cobalt bilan to‘qnashgan, keyin esa yo‘lni qatnov qismiga chiqib ketgan. Inspektor voqea joyida vafot etgani qayd etilgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov ishlari olib borilmoqda.

Poytaxt Parking kompaniyasi ijtimoiy tarmoqlardagi tekshirilmagan ma’lumotlar tarqatilayotganidan tashvish bildirib, jamoatchilikni tergov yakunlarini kutishga va marhumning xotirasiga hurmat bilan yondashishga chaqirdi. Kompaniya tergov jarayonida tegishli organlarga to‘liq ko‘mak ko‘rsatayotganini ham ma’lum qildi.

“Feruz fidokor va mas’uliyatli xodim edi. Uning kutilmagan o‘limi butun jamoamiz uchun katta yo‘qotish bo‘ldi”, — deyiladi kompaniya bayonotida

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Qirgʻizistondagi muddatidan oldin saylovlarda Japarov tarafdorlari gʻalaba qildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:49

    Qirgʻizistondagi muddatidan oldin saylovlarda Japarov tarafdorlari gʻalaba qildi

    Navbatdan tashqari parlament saylovlarining dastlabki natijalariga ko‘ra, Prezident Sadir Japarovning ittifoqchilari ko‘pchilik o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.

    'Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi xalqaro nufuzli Prix Avicenne 2025 mukofotiga sazovor boʻldi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:30

    Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi xalqaro nufuzli Prix Avicenne 2025 mukofotiga sazovor boʻldi.

    O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Evropa nufuzli mukofotlaridan biri – Prix Avicenne 2025 (Ibn Sino mukofoti 2025)ga sazovor bo‘ldi.

    'Toshkentda Onix haydovchisi yo‘l transport hodisasi qurboni bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:50

    Toshkentda Onix haydovchisi yo‘l transport hodisasi qurboni bo‘ldi

    Hodisa yuzasidan Toshkent shahar IIBB tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

    'Milliy gvardiya tarkibidagi Qo‘riqlash bosh boshqarmasi IIV huzuridagi Qo‘riqlash departamenti etib qayta tashkil etildi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:11

    Milliy gvardiya tarkibidagi Qo‘riqlash bosh boshqarmasi IIV huzuridagi Qo‘riqlash departamenti etib qayta tashkil etildi.

    Prezidentning “Ichki ishlar organlarining qo‘riqlash sohasidagi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan Qo‘riqlash tizimida muhim o‘zgarishlar amalga oshirildi.

    'Oʻzbekiston eng koʻp qaysi davlatlardan mahsulot import qilayotgani maʼlum qilindi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:52

    Oʻzbekiston eng koʻp qaysi davlatlardan mahsulot import qilayotgani maʼlum qilindi.

    Milliy statistika qo‘mitasining hisobotiga ko‘ra, 2025 yilning 10 oyida O‘zbekiston importi sezilarli darajada oshgan.

    'Quyuq tumanning kuchayishiga havo ifloslanishi sababmi?'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:23

    Quyuq tumanning kuchayishiga havo ifloslanishi sababmi?

    Ko'pchilikni qiziqtirgan savolga Maxsus komissiya javob berdi.