AsosiyJamiyat

Qirgʻizistondagi muddatidan oldin saylovlarda Japarov tarafdorlari gʻalaba qildi

Navbatdan tashqari parlament saylovlarining dastlabki natijalariga ko‘ra, Prezident Sadir Japarovning ittifoqchilari ko‘pchilik o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.

'Qirgʻizistondagi muddatidan oldin saylovlarda Japarov tarafdorlari gʻalaba qildi'ning rasmi

30 noyabr kuni Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tgan muddatidan oldin parlament saylovlarida Japarov tarafdorlari ustunlik qildi. Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 90 o‘rindan kamida 50 tasi avvalgi chaqiriq deputatlariga nasib qilishi mumkin.

Saylovchilar faolligi esa mahalliy vaqt bilan 19:00 ga kelib 34 foizdan oshdi. Yangi saylov tizimi qonunchilikka 2025 yil iyunda kiritilgan o‘zgarishlar asosida ilk bor qo‘llanildi.

Unga ko‘ra, mamlakat 30 ta okrugga bo‘lingan bo‘lib, har bir okrugdan uchta deputat saylanadi va ulardan kamida biri ayol bo‘lishi shart. 

Saylovlarga bir hafta qolganda bir qator muxolifat vakillari, jumladan, sobiq prezident Almazbek Atambayevning o‘g‘li hamda Sotsial-demokratlar partiyasi a’zolari hibsga olingani mamlakatda siyosiy vaziyat keskinlashganini ko‘rsatdi.

Rasmiylarga ko‘ra, ular saylov natijalari e’lon qilinganidan keyin ommaniy norozilik tashkil qilishni rejalashtirgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi xalqaro nufuzli Prix Avicenne 2025 mukofotiga sazovor boʻldi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:30

    Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi xalqaro nufuzli Prix Avicenne 2025 mukofotiga sazovor boʻldi.

    O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Evropa nufuzli mukofotlaridan biri – Prix Avicenne 2025 (Ibn Sino mukofoti 2025)ga sazovor bo‘ldi.

    'Toshkentda Onix haydovchisi yo‘l transport hodisasi qurboni bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:50

    Toshkentda Onix haydovchisi yo‘l transport hodisasi qurboni bo‘ldi

    Hodisa yuzasidan Toshkent shahar IIBB tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

    'Milliy gvardiya tarkibidagi Qo‘riqlash bosh boshqarmasi IIV huzuridagi Qo‘riqlash departamenti etib qayta tashkil etildi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:11

    Milliy gvardiya tarkibidagi Qo‘riqlash bosh boshqarmasi IIV huzuridagi Qo‘riqlash departamenti etib qayta tashkil etildi.

    Prezidentning “Ichki ishlar organlarining qo‘riqlash sohasidagi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan Qo‘riqlash tizimida muhim o‘zgarishlar amalga oshirildi.

    'Oʻzbekiston eng koʻp qaysi davlatlardan mahsulot import qilayotgani maʼlum qilindi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:52

    Oʻzbekiston eng koʻp qaysi davlatlardan mahsulot import qilayotgani maʼlum qilindi.

    Milliy statistika qo‘mitasining hisobotiga ko‘ra, 2025 yilning 10 oyida O‘zbekiston importi sezilarli darajada oshgan.

    'Qishning birinchi kunida qor yog'adimi?'ning rasmi

    Jamiyat 30.11.2025 20:28

    Qishning birinchi kunida qor yog'adimi?

    Qishning ilk kunida qanday ob-havo kuzatilishi aytildi.

    'Fargʻonada 34 yoshli erkak xotini va ikki farzandini oʻldirdi'ning rasmi

    Jamiyat 30.11.2025 19:16

    Fargʻonada 34 yoshli erkak xotini va ikki farzandini oʻldirdi

    Erkak oila a'zolarini chopqi bilan o'ldirgan.