AsosiyDunyo

Rossiyaning eng yangi "Sarmat" raketasi sinov chogʻida portladi

Orenburg yaqinidagi "Yasniy" bazasida sodir boʻlgan portlash Rossiyaning koʻp yillardan beri ishlab chiqayotgan "Sarmat" qitʼalararo raketasining navbatdagi muvaffaqiyatsiz sinovi ekani aytildi.

'Rossiyaning eng yangi "Sarmat" raketasi sinov chogʻida portladi'ning rasmi

28 noyabr kuni “Yasniy” shahri yaqinida joylashgan strategik raketa bazasida kuchli portlash yuz berdi. “The Moscow Times” yozishicha, guvohlar tasvirlagan videoda raketaning shaxatdan ko‘tarilib, havoda yonib ketgani va yerga qulashi, so‘ng binafsha tusli ulkan bulut hosil bo‘lgani aks etgan. BMTning qurolsizlanish bo‘yicha tadqiqotchisi Pavel Podvig portlagan raketa sath jihatdan “Sarmat” ekanini bildirdi. Rossiya usbu raketani 2013-yildan beri ishlab chiqmoqda, ammo u bir necha bor sinovdan muvaffaqiyatsiz o‘tgan. O‘tgan yilgi sinovda ham raketa uchirilgan zahoti portlab, katta krater hosil qilgan edi. Fransiya Strategik tadqiqotlar jamg‘armasi eksperti Etien Markuskaga ko‘ra, harbiylar raketani joriy yil yakunigacha sertifikatlashga shoshilmogda, biroq ketma-ket nosozliklar bunga imkon bermayapti. Bu safargi sinovda raketa shaxatdan atigi 1 km uzoqlikda yerga qulagani aytilmogda. Ba’zi ekspertlar raketaning “Sarmat” emas, eski “Voevoda” bo‘lishi mumkinligini ham istisno qilmayapti. Biroq mutaxassislarning aksariyati videoda ko‘rinadigan “sovuq uchirish” usuli “Sarmat”ga xos ekanini ta’kidlagan. Kuzatuvchilar fikricha, portlash “Sarmat” dasturining navbatdagi ortga siljishi bo‘lib, Prezident Putinning raketani 2025-yilda qo‘shin tarkibiga topshirish haqidagi va’dasi real bo‘lmasligi mumkin.

    Boshqa yangiliklar