AsosiyJamiyat

Oʻzbekistonda tezyurar poyezdlari ishlab chiqariladi

"O'zbekiston temir yo'llari" 2027-yildan tezyurar poezdlarni ishlab chiqarishni boshlaydi.

'Oʻzbekistonda tezyurar poyezdlari ishlab chiqariladi'ning rasmi

27 noyabr kuni Toshkentda o‘tgan Transkaspiy yo‘lagi forumida jamoat raisi o‘rinbosari Hikmatulla Rahmatov usbu yo‘nalishda xalqaro kompaniya bilan muzokaralar yakuniga etayotganini ma’lum qildi.

Uning aytishicha, poezdlar O‘zbekistondagi temiryo‘l zavodida ishlab chiqariladi va import variantlariga nisbatan 10–15 foizga arzon bo‘ladi.

Rahmatovga ko‘ra, mahalliy mutaxassislar texnologiyani o‘zlashtirib, kelajakda poezdlar Markaziy Osiyo, Kavkaz va MDH mamlakatlariga ham eksport qilinishi mumkin. Loyiha amalga oshsa, minglab ish o‘rinlari yaratiladi.

Dastlab yiliga 10 ta tezyurar poezd ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar