AsosiyJamiyat

O‘zbekistonda “Shajara” axborot tizimi yo‘lga qo‘yiladi

2026 yil 1 sentyabrdan fuqarolar o‘z oila shajarasini onlayn tarzda ko‘rishi mumkin bo‘ladi.

'O‘zbekistonda “Shajara” axborot tizimi yo‘lga qo‘yiladi'ning rasmi

Prezident farmoniga ko‘ra, tizim arxiv hujjatlari va DNK ma’lumotlari asosida ishlaydi.

O‘zbekistonda fuqarolarga oilaviy shajaralari haqida online ma’lumot taqdim etishga mo‘ljallangan “Shajara” axborot tizimi ishga tushiriladi.

Bu prezidentning 24 noyabrda imzolangan “Arxiv ishi sohasini raqamlashtirish va boshqaruv samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida belgilandi.

Unga ko‘ra, “FHDYening yagona elektron arxivi”dagidagi dastlabki ma’lumotlar hamda davlat va idoraviy arxivlarda saqlanayotgan hujjatlar asosida fuqarolarning oila shajarasi elektron shaklda tuzib beriladi.

Shuningdek, Hadicha Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi DNK ma’lumotlari orqali fuqarolarning etnik kelib chiqishi haqida ham ma’lumot taqdim etishi ko‘zda tutilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Namanganda Onix urib ketishi oqibatida yana bir YPX xodimi halok bo‘lgani aytilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:05

    Namanganda Onix urib ketishi oqibatida yana bir YPX xodimi halok bo‘lgani aytilmoqda

    Namangan viloyatiga davolanish uchun borgan navoiylik YPX xodimi YTH oqibatida vafot etdi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:10

    'Xorijiy va nodavlat OTMlardagi boʻsh grant oʻrinlari uchun qoʻshimcha tanlov eʼlon qilindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:16

    Xorijiy va nodavlat OTMlardagi boʻsh grant oʻrinlari uchun qoʻshimcha tanlov eʼlon qilindi

    Roʻyxatdan oʻtgan talabgorlar uchun test sinovlari 11 dekabrgacha oʻtkaziladi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:44

    'Toshkent shahri va viloyatida yer maydonlari bilan bog'liq yirik korrupsiya holatlari fosh etildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:14

    Toshkent shahri va viloyatida yer maydonlari bilan bog'liq yirik korrupsiya holatlari fosh etildi

    Huquq-tartibot organlari ikki alohida holatda mansabdor va vositalchilar tomonidan tadbirkorlarning ishonchi suiiste'mol qilinganini anıqladi.

    'Bugun qanday ob-havo kuzatilishi aytildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:47

    Bugun qanday ob-havo kuzatilishi aytildi

    “O‘zgidromet” 26 noyabr kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.