AsosiyJamiyat

Samarqand shahri hududi 17,5 ming gektarga kengaytiriladi

Samarqand shahri aholisi 604 mingdan 882 minggacha etadi.

'Samarqand shahri hududi 17,5 ming gektarga kengaytiriladi'ning rasmi

Oqdaryo, Payariq, Pastdarg‘om, Toyloq va Samarqand tumanidagi 17,5 ming gektar hudud Samarqand shahriga qo‘shib beriladi. Bu haqda ayni paytda Urgut tumanida bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishda davlat rahbari ma’lum qildi.

Buning hisobiga Samarqand shahri aholisi 604 mingdan 882 mingga etadi.

«Shu bois, aholisi va daromadi kundan kunga o‘sib borayotgan Samarqand shahrida zamonaviy uy-joylarga bo‘lgan talabni ta’minlash uchun 3 ta yirik massiv tanlab olindi.

Jumladan, «Shirin» massivida 180 ming, «Temiryol orti» hududida 100 ming, «Qorasuv-2» massivida 30 ming aholi uchun 700 dan ortiq zamonaviy ko‘p qavatli uylar barpo etiladi.

Bu yerlarada maktab, bog‘cha, oliygoh va shifoxona, zamonaviy biznes va savdo markazi, mehmonxona va restoran, kong‘ilochar maskanlar ham quriladi», – dedi Prezident.

Shuningdek, Samarqand shahridagi 49 ta viloyat tashkiloti kelasi yil «Shirin» massiviga ko‘chadi. Shu yil oxirigacha bu massivni shahar markazi bilan bog‘lovchi «Qoradaryo» ustidan o‘tgan 577 metrli ko‘prik ishga tushiriladi.

Ispaniyalik investorlar bilan xususiy sheriklik asosida ushbu 3 ta massivning kanalizatsiya tizimi yangilanadi.

Shaharda yuk transporti harakatini kamaytirish maqsadida Oqdaryo, Toyloq va Samarqand tumanidan o‘tuvchi magistral yo‘l bo‘yida 4 ta logistika markazi barpo etiladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Toshkentda dronlar qurilish va atmosfera ifloslanishi monitoring qilinadi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 22:29

    Toshkentda dronlar qurilish va atmosfera ifloslanishi monitoring qilinadi

    Buning uchun tegishli idoralarga topshiriqlar berildi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 19:09

    'Odometer ko'rsatkichlarini yashirganlarga jarima joriy etish loyihasi ma'qullandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 15:15

    Odometer ko'rsatkichlarini yashirganlarga jarima joriy etish loyihasi ma'qullandi

    Qonunchilik palatasi avtomobilning bosib o'tgan yo'lini kamaytirib ko'rsatish yoki odometrni almashtirib, bu haqda xaridorni xabardor qilmaslik uchun ma'muriy javobgarlik belgilashni qo'llab-quvvatladi.

    'Fargʻonada hokim oʻrinbosari ekologiya inspektoriga kuch ishlatgani aytilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:38

    Fargʻonada hokim oʻrinbosari ekologiya inspektoriga kuch ishlatgani aytilmoqda

    Buvayda tumanida noqonuniy daraxt kesish holatini rasmiylashtirmoqchi bo'lgan ekologiya inspektori hokim o'rinbosari tomonidan zo'ravonlik bilan to'xtatilgani bildirildi.

    'Imom Buxoriy majmuasi bir kunda necha nafar mehmonga xizmat koʻrsata olishi ochiqlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:51

    Imom Buxoriy majmuasi bir kunda necha nafar mehmonga xizmat koʻrsata olishi ochiqlandi

    Davlat rahbarining Samarqand viloyatiga tashrifida ushbu maʼlumot haqida soʻz bordi.

    'Oliy ta’limda kontrakt to‘lovlari bo‘yicha yangi tartib joriy etildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:38

    Oliy ta’limda kontrakt to‘lovlari bo‘yicha yangi tartib joriy etildi

    Endilikda talabalardan talab qilinadigan dastlabki kontrakt to‘lovi yarmidan ikki baravarga qisqartirilib, to‘lovlar muddati yanada qulay tarzda qayta taqsimlandi.