Prezidentning yangi farmoniga ko‘ra, Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chorani amalga oshiradigan maxsus komissiya tuzildi. Komissiya atmosfera havosiga zarar yetkazayotgan issiqxonalar va boshqa ob’ektlar faoliyatini vaqtincha to‘xtatish yoki tugatish vakolatiga ega bo‘ladi.
Shuningdek, komissiya avval qabul qilingan farmon va qarorlar ijrosini ta’minlaydi, sanoat korxonalarida filtrlarni o‘rnatish bo‘yicha qonunchilik talablariga rioya etilishini nazorat qiladi.
Farmoniga muvofiq, komissiya 2025 yil 19 noyabrda qabul qilingan ekologiya va turizm sohalariga oid farmonda belgilangan topshiriqlar, jumladan AI-80 markali benzindan voz kechish bilan bog‘liq chora-tadbirlar ijrosini ham kuzatib boradi.






