AsosiyJamiyat

Toshkentda ekologik vaziyat bo‘yicha shoshilinch komissiya tuzildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtdagi ekologik keskinlashuvni bartaraf etish uchun maxsus komissiya tuzish to‘g‘risida farmon imzoladi.

'Toshkentda ekologik vaziyat bo‘yicha shoshilinch komissiya tuzildi'ning rasmi

25 noyabr kuni imzolangan farmonga muvofiq, Toshkentda ekologik vaziyatni yaxshilash yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlarni boshqarib boruvchi maxsus komissiya shakllantirildi. Prezident matbuot xizmatiga ko‘ra, bu qaror poytaxtda kuzatilayotgan havo ifloslanishi va chang miqdorining keskin oshib borishi ortidan qabul qilindi. Bundan bir kun oldin Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva boshchiligida o‘tgan yig‘ilishda ekologik muammolarning ildiz sabablari va ularni bartaraf etish bo‘yicha kompleks takliflar muhokama qilingan. Taqdim etilgan takliflar tezkor choradan tortib, kelgusida bunday holatlarning oldini olishga qaratilgan uzoq muddatli yechimlarni ham o‘z ichiga oladi. Yig‘ilishda ekologik nazoratni kuchaytirish, ifloslantiruvchi ob’yektlar faoliyatini cheklash, qurilishdagi talablarni qat’iylashtirish, shaharni keng ko‘lamda ko‘kalamzorlashtirish hamda havo sifatini nazorat qilishning zamonaviy tizimini joriy etish vazifalari belgilab berildi. Ushbu takliflar asosida yakunlanadigan prezident farmoni loyihasi yaqin kunlarda davlat rahbariga taqdim etilishi kutilmogda. Ekologiya qo‘mitasi rahbari Xayrulla G‘afforovning ta’kidlashicha, bugungi muammo bir necha yillar davomida shakllangan jarayonlar bilan bog‘liq bo‘lib, asosiy omillar sifatida iqlim o‘zgarishi, sanoat va issiqlik manbalari chiqindilari, shuningdek, transportdan tarqaluvchi moddalar ko‘rsatilmogda. Uning aytishicha, yog‘ingarchilikning kamayishi va shamol harakatining sustligi changning havoda uzoq saqlanib qolishiga olib kelmogda.

    Boshqa yangiliklar