Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi respublikadagi barcha qurilish tashkilotlariga maxsus ogohnoma yuborib, qurilish maydonlarida atmosfera havosini muhofaza qilish bo‘yicha belgilangan talablar so‘zsiz bajarilishi shartligini ma’lum qildi.
Hatda aytilishicha, maydoni 500 kv.m dan katta obyektlarda maxsus avtotransport vositalari g‘ildiraklari yuvilmasdan yo‘llarga chiqishiga mutlaqo yo‘l qo‘yilmaydi.
Amaldagi sanitariya qoidalariga ko‘ra, qurilish jarayonida chang hasil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik, maydon kirish-chiqish nuqtalarini suv purkagichlar bilan jihozlash, avtotransport uchun yuvish shoxobchasini tashkil etish hamda chang tarqalishining oldini oluvchi to‘siqlar o‘rnatish majburiy hisoblanadi.
Talablar buzilgan taqdirda tashkilot faoliyati 10 ish kunigacha to‘xtatilishi, ma’muriy jarimalar qo‘llanilishi yoki holatga qarab jinoyiy javobgarlikka tortilishi mumkinligi ogohlantirildi.






