AsosiyJamiyat

Toshkentda BMW va Tracker YTHga uchradi

Hodisa kecha tunda Yashnobod tumanida sodir bo'lgan.

'Toshkentda BMW va Tracker YTHga uchradi'ning rasmi

Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakat xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati bergan xabarga ko‘ra, poytaxtning Yashnobod tumanida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. 

Voqea joriy yilning 22-noyabr kuni soat 23:00 larda Yashnobod tumani, Abdulla Qodiriy ko‘chasida sodir bo‘lgan. 

Yo‘l-transport hodisasida BMW rusumli transport vositasi hamda Tracker-2 rusumli transport  vositalari o‘zaro to‘qnashuvi oqibatida yuzaga kelgan. 

Yo‘l-transport hodisasi natijasida BMW haydovchisi va Tracker-2 haydovchisi hamda yo‘lovchilariga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.  

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakat xavfsizligi boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmogda, deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar