AsosiyJamiyat

O‘zbekistonda turizm uchun yangi imtiyoz va subsidiyalar joriy etildi

Turistlar oqimini ko'paytirish, xizmatlar sifatini oshirish va investitsiyalarni rag'batlantirishni ko'zda tutadi.

'O‘zbekistonda turizm uchun yangi imtiyoz va subsidiyalar joriy etildi'ning rasmi

Prezident qarori bilan turizm sohasini rivojlantirish va xalqaro brendlarni jalb qilishga qaratilgan yangi imtiyozlar, subsidiyalar va rag‘batlantirish mexanizmlari tasdiqlandi. Ular turlar oqimini ko‘paytirish, xizmatlar sifatini oshirish va investitsiyalarni rag‘batlantirishni ko‘zda tutadi.

2026 yil 1 martdan e’tiboran Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobiga turistik startaplar xarajatlarining 50 foizini, bir milliard so‘mdan oshmagan miqdorda, eng yaxshi 10 ta loyihaga subsidiya sifatida taqdim etish ko‘zda tutilmogda.

Mehmonxonalarning “yashil” sertifikatlarini olish xarajatlarining ham 50 foizi davlat tomonidan qoplanadi.

Shu bilan birga, MISE tadbirlari orqali kamida 100 nafar chet ellik mehmonni jalb qilgan tadbirkorlar uchun QQSning 50 foizi qaytariladi.

2027 yildan e’tiboran turizm subyektlari import qilgan avtobus, elektrobus va mikroavtobuslar bojxona bojidan ozod etiladi, Qoraqalpog‘istonda ekstremal turizm transportlari uchun boj va utilizatsiya yig‘imi 25 foizda bo‘lib to‘lanishi mumkin.

2030 yilgacha “Brand Finanse” reytingidagi eng nufuzli 50 ta global brenddan biri ishtirokida mehmonxona qurilayotgan tadbirkorlar uchun uskuna va texnika importida bojxona to‘lovlari to‘liq bekor qilinadi. Shuningdek, Turizm qo‘mitasi xorijiy kino kompaniyalariga xarajatlarining bir qismini qaytarish (Rebate) tizimi bo‘yicha mas’ul organ etib belgilandi.

Qaror turistik investitsiyalar, yangi xizmat turlari va mamlakatning global turizm bozoridagi mavqeini mustahkamlashga xizmat qiladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:29

    'Toshkentda Shahzoda Rismatov ishi bo‘yicha sud bo‘lib o‘tdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:18

    Toshkentda Shahzoda Rismatov ishi bo‘yicha sud bo‘lib o‘tdi

    Toshkentda boʻlib oʻtgan sud jarayonida Shahzoda Rismatovga nisbatan toʻrtta firibgarlik epizodi boʻyicha ayblov oʻqildi.

    'Har yili 1,4 million kishi antisanitariyadan vafot etmoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:52

    Har yili 1,4 million kishi antisanitariyadan vafot etmoqda

    JSSTning "Jahon ho'jatxona kuni" munosabati bilan e'lon qilgan bayonotida aytilishicha, bu fojianing oldini olish mumkin.

    'Andijonda uy sharoitida tashkil qilingan narkolaboratoriya fosh etildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:38

    Andijonda uy sharoitida tashkil qilingan narkolaboratoriya fosh etildi

    Holat yuzasidan fuqaroga nisbatan JKning 273-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va uning jinoyiy aloqalarini aniklash choralari ko‘rilmoqda.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 20.11.2025 19:35

    'Ben Kingsli islom tsivilizatsiyasi daholari haqida butun dunyoga so‘zlaydi'ning rasmi

    Jamiyat 20.11.2025 16:58

    Ben Kingsli islom tsivilizatsiyasi daholari haqida butun dunyoga so‘zlaydi

    Euronews, BBC va CNN xalqaro telekanallari O'zbekistondagi Islom tsivilizatsiyasi markazi haqida "Oskar" mukofoti sohibi Ben Kingsley ishtirokida suratga olingan roliklar namoyishini boshladi.