
Mehmon O‘zbekistonga amaliy tashrif doirasida Islom tsivilizatsiyasi markazi faoliyati, uning vazifalari va ekspozitsiyasi bilan yaqindan tanishdi.

Van I janoblari, xususan, markaz foyesidagi 14 ta ravoqda joylashtirilgan allomalar va tarixiy shaxslarga bag‘ishlangan kompozitsiyalar bilan yaqindan tanishdi.

Ekspozitsiyaning ilmiy qismida Xorazmiy, Ahmad Farghoniy, Beruniy, Ibn Sino kabbi mutafakkirlarning jahon tsivilizatsiyasiga qo‘shgan hissalari haqidagi ma’lumotlar, xususan «Al-Jabr val-Muqobala» asari, algoritm tushunchasining paydo bo‘lishi va lotin raqamlarining shakllanish tarixi Van I tomonidan yuqori baholandi.

liy martabali mehmon Islom davrigacha oid ekspozitsiyada Baqtriya, So‘g‘d, Xorazm, Kushon kabbi qadimiy tsivilizatsiyalar, ularning Xitoy bilan ilmiy-madaniy aloqalari, Ipak yo‘li tarixi bo‘yicha taqdim etilgan materiallarni katta qiziqish bilan ko‘zdan kechirdi. Uzoq tarixiy hamkorlikning ilk bosqichi sifatida Farghona otlari, beda urug‘i va uzumdonlarning Xitoyga olib ketilgani haqidagi ma’lumotlar mehmonda ayniqsa kuchli taassurot qoldirdi.







