AsosiyDunyo

Kim Chen In Kangvondagi yangi GESni ishga tushirdi

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In Kanvon provinsiyasida barpo etilgan "Armiya va xalq" nomli yangi gidroelektr stansiyasining ochilish marosimida ishtirok etdi.

'Kim Chen In Kangvondagi yangi GESni ishga tushirdi'ning rasmi

GES viloyatda besh yillik reja doirasida qurilgan 6 ta stansiyaning so‘nggisi hisoblanadi.

Marosim 20 noyabr kuni o‘tdi va unda partiya hamda hukumat rahbarlari, harbiylar, quruvchilar va mahalliy aholi qatnashdi. Kim Chen In loyihaning yakunlanishi mamlakat uchun muhim qadam ekanini ta'kidlab, uni 2025 yilning muvaffaqiyatli yakunlanishi ramzi sifatida baholadi.

Agentlik tarqatgan suratlarda GES dambasida "Xalqning buyuk birligi" degan yozuv aks etgani ko‘rinadi. Kim Chen In Markaziy qo‘mita nomidan loyiha ishtirokchilariga minnatdorlik bildirdi va stansiyani partiyaning IX qurultoyiga "sovg‘a" deb atadi.

Tadbir yakunida davlat rahbari qizil lentani kesib, GES infratuzilmasi — tarix xonasi va elektrogeneratorlar bilan tanishdi.

    Boshqa yangiliklar